O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi


mehnat fiziologiyasi va hayot faoliyatining qulay sharoitlari asosi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə10/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118
mehnat fiziologiyasi va hayot faoliyatining qulay sharoitlari asosi;

  • antropogen omillarning manbalari;

  • o’quv binolarning xavfsizligi va ekologiya talablariga javob berishi;

    • favqulodda holatlar sharoitida xavfsizlik haqida tasavvurga ega bo’lishi;

    • tabiiy bilimlarning fundamental konstantalarini;

    • tabiatni himoya qilish va tabiatdan oqilona foydalanishning ekologik printsiplarini, tabiatga zarar etkazmaydigan metodlarni yaratishni; mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya va yong’in xavfsizligi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asoslarini;

    • mehnat psixofiziologiyasi asoslarini, inson organizmining anatomik va antropometrik ko’rsatkichlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

    • tabiiy fanlarning turli bo’limlariga xarakterli bo’lgan qiymatlarning sonli tartibini o’lchash va baholash;

    • mehnat jarayonida inson salomatligini va ishchanlik qobiliyatini saqlash hamda xavfsizlikni ta`minlash bo’yicha metodika va tadbirlarni ishlab chiqish;

    • mehnat faoliyatida mehnat xavfsizligi bo’yicha mutaxassislarga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

    5.2.3 Umumkasbiy fanlar bo’yicha talablar
    Ijtimoiy ish kursi
    Bakalavr:

    • ijtimoiy ish xodimining etikasi, ijtimoiy ishning asosiy tushuncha va tamoyillari mijozlar o’rtasidagi muloqot madaniyati va etikasi, hamkorlar o’rtasidagi aloqalarda ijtimoiy ish xodimlarining etikasi, ijtimoiy ish etikasi bo’yicha xalqaro kodeks; ijtimoiy ishning jamiyat rivojlanishidagi o’rni; ijtimoiy siyosat muammolari; ijtimoiy rivojlanishda muammolar va ijtimoiy boshqaruv; davlatchilikda ijtimoiy tushunchalar; ijtimoiy siyosat tipologiyasi haqida tushuncha; O’zbekiston va xorijiy mamlakatlarda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning zamonaviy bosqichlariga tasnif; manzilli ijtimoiy yordam ko’rsatishning kontseptsiyasi, ijtimoiy ishning kontseptsiyasi, davlat pensiya ta`minoti va ijtimoiy nafaqalar, pensiya ta`minotini tashkil etish va boshqarish haqida tasavvurga ega bo’lishi;

    • ijtimoiy harakat tushunchasi; ijtimoiy xizmat tizimining rivojlanishi; bozor sharoitida ijtimoiy xizmat muassasalarini moliyalashtirish mexanizmi; ijtimoiy xizmat sohasiga kichik va xususiy tadbirkorlikning ta`siri; ijtimoiy xizmat xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy himoyalashning asoslarini; aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimining rivojlanish bosqichlari; ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ishning o’zaro aloqadorligini, O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy tamoyillarini; ijtimoiy siyosat sohasida amalga oshirilayotgan davlat ijtimoiy dasturlarini; O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida maqsadli ijtimoiy ko’mak kontseptsiyasini; rivojlangan xorijiy davlatlarda amalda bo’lgan ijtimoiy siyosatning tavsifini, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash, bilishi va ulardan foydalana olishi;

    • ijtimoiy ish xodimlariga ish xaqi to’lashning tamoyillari; ijtimoiy ishni tahlil qilish va baholash; axborot oqimini tanlash va tahlil qilish; yosh avlodni tarbiyalashda ma`naviyat va milliy istiqlol g’oyasining o’rni, egallagan nazariy va amaliy bilimlarini mustaqil tarzda kasbiy faoliyatida qo’llay olish; aholining har xil qatlamlariga nibatan amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning har xil turlari va hayotiyligi; ijtimoiy siyosatga doir o’tkaziladigan ijtimoiy ish tadqiqotlari; ijtimoiy siyosatga doir ma`lumotlar tahlili bo’yicha olingan manbalarni yig’ish hamda son va sifat darajasini aniqlash; ijtimoiy ishning sifat bosqichi: muammoli suhbatlar, fokus guruhlari, pensiyalar va boshqa to’lovlarni moliyalashtirish va to’lanishini tashkil etish va hokazolar haqida ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

    5.2.4 Ixtisoslik fanlari bo’yicha talablar
    Bakalavr:

    • ixtisoslikka mos ijtimoiy ish va ijtimoiy ta`minot sohasining asosiy ilmiy-amaliy muammolari va rivojining istiqbolini hamda ularning turdosh sohalar bilan o’zaro aloqasini tushunishi;

    • ixtisoslikning muayyan sohasi bilan bog’liq bo’lgan asosiy ob`ektlarni, hodisa va jarayonlarni bilishi, ularni ilmiy-tadqiq qilish usullaridan foydalana bilishi;

    • o’rganilayotgan ijtimoiy ob`ektlarga qo’yiladigan ijtimoiy-iqtisodiy talablarni ta`riflab berishni uddalashi, ularni amalga oshirishning mavjud ilmiy-amaliy vositalarini bilishi kerak.

    Bakalavr ixtisosligiga qo’yiladigan muayyan talablar kadrlar buyurtmachi-larining talablari va bakalavrlar tayyorlashning ushbu yo’nalishi bo’yicha fan, ijtimoiy soha va texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari hisobga olingan holda oliy ta`lim muassasasi tomonidan belgilanadi.

    Yüklə 0,77 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin