6.5.3.7 Alohida ijtimoiy guruhlar va qatlamlar bilan ijtimoiy ish: Ijtimoiy guruhlar va qatlamlar, ularning ijtimoiy hayotdagi o’rni. Turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning dolzarb muammolari. Alohida ijtimoiy guruhlar va qatlamlar (ayollar, bolalar, qariyalar, imkoniyati cheklanganlar, ishsizlar, deviant xulqlilar)da ijtimoiy ish olib borishning usullari va yo’nalishlari. Turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlarda ijtimoiy munosabatlarni o’rganish dinamikasi. Ijtimoiy guruhlarning shaxsga tarbiyaviy ta`sir ko’rsatishi; Ijtimoiy ishda tibbiyot kontseptsiyasi va tibbiy xuquqlarning asoslari. Bolalar himoyasi va oila siyosati; jamiyatda ayollarning o’rni; oila va bolalar xuquqlarining me`yorlarini; davlatning qariyalar to’g’risidagi siyosatining asosiy yo’nalishlarini; imkoniyati cheklanganlarga hamda deviant xulqlilarga ijtimoiy ko’mak berishning o’ziga xosliklarini; Inson huquqlari kontekstida ayollar huquqi; ayollar huquqi to’g’risida xalqaro konventsiya; ayollarga nisbatan har-xil turdagi kamsitish iboralarini qo’llash to’g’risidagi konventsiya (CEDAW). Ayollarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish. Ayollar bilan ishlaydigan tashkilotlarning shakllari. O’zbekiston Respublikasida bandlik siyosati va ishsizlar bilan ijtimoiy ish olib borish; turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning tarbiyaviy va psixologik tamoyillari; oilani rejalashtirish; oilaning ijtimoiy himoya tamoyillari; bolalar, ayollar, qariyalar, nogironlar, ishsizlar va deviant xulqlilar o’rtasida ijtimoiy ishning o’rni; ijtimoiy ishning alohida ijtimoiy guruhlar va qatlamlarga nisbatan qo’llanilishida soha sifatidagi zamonaviy yutuqlari. Ijtimoiy ishning yoshlar o’rtasidagi ahamiyati va o’rni. YOshlar muammolarining echimini topishda ijtimoiy ishning o’rni. O’zbekiston yoshlari o’rtasida ijtimoiy ish tizimining xuquqiy me`yoriy asoslari. O’zbekiston yoshlarining konstitutsion huquqlari.
6.5.3.8 Ijtimoiy psixologiya: Umumiy psixologiya faning predmeti, ob`ekti va maqsad vazifalari; umumta`limda psixologiya yo’nalishi; kontseptual va tarixiy shakli; inson psixikasi va organizmi harakati va faoliyati, psixikaning o’rni va ahamiyati; inson psixikasini tushunishga umumiy yondashuv. Anglash jarayoni: his qilish va sezish, e`tibor, xotira, so’zlash va fikrlash, tasavvur qilish; Ijtimoiy ishning psixologik asoslari; ijtimoiy psixologiyaning ilmiy bilimlar tizimidagi o’rni; ijtimoiy psixologik g’oyalarning tarixiy shakllanish jarayoni; ijtimoiy psixologiya tadqiqotlarida ijtimoiy muammolarning o’rni; guruhli muammolar va ijtimoiy psixologiya; katta ijtimoiy guruhlarda psixologik tadqiqotlarning printsipial jihatlari; O’spirinlar psixologiyasining predmeti va vazifalari; shaxsning psixologik rivojlanishida ontogenezisning me`yorlari; rivojlanishning bosqichlari: psixoanalitik, hatti-harakat nazariyasining rivojlanishi; yoshlar psixologiyasi, o’smirlik yoshidagi psixologiya, etuk yoshdagilar psixologiyasi (akmeologiya), qariyalar va qarilik psixologiyasi, (gerontopsixologiya). Psixotashxizning (psixodiagnostikaning) maqsad va vazifalari; psixologik konsul’tatsiyaning ijtimoiy ish xodimlarining professional faoliyatidagi o’rni; psixologik konsul’tatsiyaning maqsad va vazifalari hamda uning klassifikatsiyasi. 6.5.3.9 Pensiya ishi: Amaldagi ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar; O’zbekiston Moliya Vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi to’g’risida Nizom; byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasining asosiy vazifalari va funktsiyalari; pensiya jamg’armalari daromadlarini shakllantirish manbalari va tartibi; “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to’g’risida”gi Qonun; aholini ijtimoiy muhofaza qilishda pensiya tizimining o’rni; xorijiy mamlakatlarda pensiya tizimi; nodavlat pensiya jamg’armalari; davlat tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo’naltirilgan tarzda qo’llab-quvvatlash; davlat pensiya turlari: yoshga doir pensiya, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha pensiya, harbiy xizmatchilarning pensiya ta`minoti; etim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan to’liq davlat ta`minotidagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish.
Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda ish stajini o’zaro hisobga olish xususiyatlari; ish stajini tasdiqlash tartibi; yosh bo’yicha ijtimoiy ta`minot nafaqa tayinlash mexanizmi; nogironlik bo’yicha nafaqa tayinlash mexanizmi; boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha nafaqa tayinlash mexanizmi; imtiyozli pensiyalar; bolani parvarishlash bo’yicha nafaqa tayinlash tartibi; ijtimoiy sug’urta va uning maqsad, vazifalari; davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi; mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron bo’lib qolganlarga pensiya to’lashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash; vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi; homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa; bola tug’ilganda beriladigan nafaqa; qo’shimcha dam olish kuni uchun beriladigan nafaqa; dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa; vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqalar to’lash; ishlovchi pensionerlarga pensiya to’lash tartibi.
O’zbekistonda pensiya ta`minoti davlat tizimi; fuqarolarning davlat pensiya ta`minotiga taalluqli huquqlari; davlat pensiya ta`minotini tashkil etish; davlat pensiya ta`minotini boshqarish; pensiya ta`minoti xavfsizligi va nazorati; g’aznachilik faoliyati mexanizmi; pensiya olish huquqi; pensiya to’lovlarini tayinlash mexanizmi; ijtimoiy nafaqalarni tayinlash mexanizmi; pensiya va ijtimoiy nafaqalarni tayinlashga murojaat etish tartibi; pensiyalar va boshqa to’lovlarni moliyalashtirish va to’lanishini tashkil etish; ish staji va oylik maoshi to’g’risidagi ma`lumotnomalarni rasmiylashtirish tartibi; ish stajiga imtiyozli qo’shib hisoblanadigan faoliyat davrlari; etarli ish stajiga ega bo’lmaganlarga pensiya tayinlash; pensiya va ish haqini hisoblash tartibi, pensiya ishida arxiv hujjatlaridan foydalanish; pensiyani qayta hisoblash tartibi; pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan hujjatlarni taqdim etish tartibi; pensiyalar tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqish va tasdiqlash tartibi; pensiyani tayinlash va to’lash tartibi; pensiyani qayta hisoblab chiqish tartibi; fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisob varaqalaridan mablag’larni to’lash tartibi; ishlovchi pensionerlarga pensiya to’lash to’g’risidagi tartibi.