Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


«Mikrokreditbank» ATB Chiroqchi filiali raxbari



Yüklə 180,77 Kb.
səhifə5/12
tarix12.06.2023
ölçüsü180,77 Kb.
#128909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-курс HISOBOT

«Mikrokreditbank» ATB Chiroqchi filiali raxbari:  Islomov V.B. ______
(ismi-sharifi) (imzo) (muhr o‘rni)


4. Amaliyot obyektining moliyaviy hisoboti
Mijozning kreditga layoqatliligi deganda qarz oluvchining olgan qarzini (asosiy qarzi va uning foizini) to‘la va o‘z vaqtida qaytaraolish qobiliyatini tushunamiz. Jahon va mamlakatimiz bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi quyidagi mezonlar o‘rnatilgan:
• mijoz xarakteri (fe’l-atvori);
• mablag‘ni qarz olish qobiliyati;
• joriy faoliyat davomida qarzni uzish uchun mablag‘ ishlab topish qobiliyati;
• mijoz kapitali;
• kreditning ta’minlanganligi;
• kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlar;
• qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi.
Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlashda turli xil ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ko‘rsatkichlar soni chegaralanmagan, ya’ni qarz oluvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda, xar bir tijorat banki uni o‘zi mustaqil aniqlaydi. Banklar orqali qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning hammasi ma’lum bir andozaga tushirilgan moliyaviy koeffitsientlardan foydalanadilar. Ularga:
• qoplash koeffitsienti;
• likvidlilik koeffitsienti;
• mustaqillik(muxtoriylik) koeffitsienti, ya’ni o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsienti kiradi.
Likvidlilik mijozning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini (qoplanishini) bildiradi. Likvidlilik va qoplash koeffitsientlari qarz oluvchining balans likvidliligini, ya’ni passivdagi majburiyatlarni qoplash uchun aktivdagi pul mablag‘larining etarlilik imkoniyatlarini tasvirlaydi.
Kredit inspektorlari “qarzlar piramidasi” deb ataluvchi holatning paydo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlamaydilar. “Piramida” holati bu qarzdor 1 ta bank yoki firmadan olgan qarzini to‘lash uchun boshqa kreditordan qarz olishi tushuniladi.
Pul hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan ijroga faqat mijozning bankka taqdim qilgan muhr izi va imzo namunasi qo’yilgan varaqchada ko’rsatilgan shaxslar yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxsdan qabul qilinadi.



Yüklə 180,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin