Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 180,77 Kb.
səhifə1/12
tarix12.06.2023
ölçüsü180,77 Kb.
#128909
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-курс HISOBOT


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MOLIYA FAKULTETI


5230600 – “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-kurs MM- guruh talabasi
ning


Bitiruv oldi malakaviy amaliyot
DAFTARI

Toshkent-2022



4-kurs MM- guruh talabasi ning
(nasl nomasi va ismi)

Malakaviy amaliyot joyi


(amaliyot obyektining to’liq nomi va manzili)



Amaliyot o‘tash muddati yil « » dan yil «_ » gacha

Institutdan tayilgan rahbar


(nasl nomasi va ismi)
Kafedra mudiri prof. X.Qobulov
(imzo)


Moliya fakulteti dekani prof. F.Muxamedov
(imzo)



Talaba yil « » da amaliyot joyiga keldi.


Amaliyot o’tash joyidan tayinlangan rahbar


(nasl nomasi va ismi)
Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari
(nasl nomasi va ismi) (imzo)

(muhr o’rni)


AMALIYOT O’TASH QOIDALARI:

  1. Belgilangan muddatda amaliyot o’tash joyiga borish;

  2. Amaliyot o’tash joyidan tayinlangan rahbar bilan amaliyot o’tash rejasini kelishish;

  3. Amaliyot o’tash bo’yicha institut tomonidan berilgan dastur asosida amaliyot o’tash va amaliyot daftarini rasmiylashtirish;

  4. Amaliyot mavzularining har biri bo’yicha yozilgan xulosalarning ishonchligi va asosliligini korxona (muassasa, tashkilot) rahbarining imsozi va muhri orqali tasdiqlatish.

AMALIYOT O’TASH REJA JADVALI





Amaliyot davomida bajariladigan ishlar

Ish kunlari taqsimoti

Reja

Haqiqiqatda

1.

Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo'nalishlari, boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi

5




2.

Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar

5




3.

Amaliyot obyektida moliyaviy rejalashtirish

5




4.

Amaliyot obyektining moliyaviy hisoboti

10




5.

Amaliyot obyektini soliqqa tortish

5




6.

Amaliyot obyektida daromadlarning taqsimlanishi va dividend siyosati

10




7.

Amaliyot obyektida davlat va korporativ xaridlar

5




8.

Amaliyot obyektida moliyaviy nazorat

5




9.

Amaliyot obyektining asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarini tahlil qilish

10




10.

Korxona moliyaviy strategiyasi va o'rta muddatli rivojlanish istiqbollari

5




Jami

65




*Eslatma: Talaba institutdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan masofaviy muloqot qilgan holda, har shanba kuni o‘rgangan bilim, ko‘nikma, malaka va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, bitruv oldi amaliyoti hisoboti tayyorlashi kerak.
Institutdan tayilgan rahbar
(nasl nomasi va ismi) (imzo)


Amaliyot o’tash joyidan tayinlagan rahbar

(nasl nomasi va ismi) (imzo)





  1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo'nalishlari, boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi

Men Amirqulov Shahzod Toshkent moliya instituti Moliya fakulteti MM-59 guruh IV bosqich talabasiman. O‘zbekiston Respublikkasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 343-sonli Qarori 1-ilovasi 5.1.-bandiga muofiq kasb faoliyati ko’nikmalarini egallash maqsadida 2021-2022 o’quv yillari bo’yicha institut tomonidan belgilangan ya’ni 2022-yilning 10-martdan 2022-yil 10-iyulgacha vaqt oralig‘ida bitiruv oldi malakaviy amaliyot o‘tashga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi Mikrokreditbankiga yuborildim. Ushbu amaliyot davomida amalga oshirgan kunlik belgilangan vazifalarimni hisobotimda aks ettirdim.
Bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklarning passiv va aktiv - passiv schetidagi pul mablag‘larining salmog‘i oshib boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol o‘ynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur bo‘lgan-kredit resurslarini tashkil qiladi.
Tijorat banklarining passiv operatsiyalarining asosan to‘rtta shakli mavjud:
1. Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlarini muomalaga chiqarish yo‘li bilan resurslar yig‘ish;
2. Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish;
3. Boshqa kreditorlarning mablag‘larini jalb qilish;
4. Depozit operatsiyalarni amalga oshirish.
Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z mablag‘lari, jalb qilingan va emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi. Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning o‘z mablag‘lari yuzaga keladi va kolgan oxirgi ikki shaklida kredit resurslarning ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi. Banklarning o‘z mablag‘lariga bankning ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fondlar va taqsimlanmagan foydasi kiradi.
Amaliyotda bank passivlarining 20 foizi banklarning o‘z mablag‘lariga to‘g‘ri keladi. Banklarning o‘z mablag‘lari ichida asosiy o‘rinni bankning o‘z kapitali egallaydi. Bankning o‘z kapitali tarkibiga biz yuqorida keltirib o‘tgan kapitalning bir qismi, yani ustav kapital, risklarni qoplash uchun tashkil qilingan rezerv fond, taqsimlanmagan foyda kiradi. Banklarning o‘z kapitali bank kreditorlarining manfaatini himoya qilish, bank faoliyatining barqarorligini ta’minlash, bank faoliyatini boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi. Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko‘rsatiladi va bank ishini boshlashning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Banklarning tashkil qilishning shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham har xil tashkil topadi. Agar bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, ustav kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yo‘li orqali tashkil topadi. Banklarning ustav kapitali summasi qonun yo‘li bilan chegaralanmaydi.
Bank faoliyatining boshlang‘ich bosqichlarida bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birinchi navbatdagi bank harajatlari (yer, bino, asbob-uskuna, ish haqi) qoplanadi. Banklarning o‘z mablag‘lari uzoq muddatli aktivlarga qo‘yilmalar qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. Odatda Markaziy bank tijorat banklari uchun banklarning o‘z mablag‘lari bilan chetdan jalb qilingan resurslar o‘rtasidagi chegarani belgilab beradi. O‘zbeksitonda bu nisbat 1:20 miqdorida o‘rnatilgan. Banklarning aksioner kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topishi mumukin. Bular:

  1. o‘z aksioner kapitali, bu kapital oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarish va sotish hisobidan, taqsimlanmagan fonda hisobidan yuzaga keladi;

  2. har xil ko‘zda tutilmagan harajatlarni va to‘lanmagan qarzlarni qoplash uchun tashkil qilingan rezervlar;

  3. bankning uzoq muddatli majburiyatlari (uzoq muddatli veksel va obligatsiyalar) bo‘lishi mumkin. Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv fondi foydadan ajratmalar hisobiga hosil bo‘ladi va ko‘zda tutilmagan zararlar hamda qimmatbaho qog‘ozlar kursining tushishi natijasidagi yo‘qotishlarni qoplash uchun mo‘ljallangan.


Yüklə 180,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin