O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Real ish haqi – bu nominal ish haqi summasining qanchalik tovarlar va



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə206/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Real ish haqi – bu nominal ish haqi summasining qanchalik tovarlar va xizmatlar miqdorini sotib olishga etadigan quvvatidir. Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid qilish» qobiliyatidir. O‘z-o‘zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqi miqdoriga va xarid qilinadigan tovarlar (xizmatlar) narxiga bog‘liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda, nominal ish haqiga to‘g‘ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:
V Vн
p R ,


bu yerda: VP – real ish haqi; VH – nominal ish haqi; R – iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi.
Bizning misolimizda ishchining nominal ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 95 foizni, mart oyida 110 foizni tashkil etgan edi. Real ish haqi darajasining o‘zgarishini aniqlash uchun esa iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi to‘g‘risida ma’lumot zarur bo‘ladi. Aytaylik, narx darajasi yanvar oyiga nisbatan fevralda 1,08, mart oyida esa 1,2 baravar oshgan bo‘lsin. U holda ishchining real ish haqi fevral oyida 176 ming so‘mni, mart oyida esa 183 ming so‘mni tashkil etadi. Ya’ni, ishchining real ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 88 foiz, mart oyida 91,5 foiz darajasida bo‘ladi.
Real ish haqi darajasiga tovarlar va xizmatlar narxidan tashqari belgilangan soliqlar miqdori va boshqa turli sharoitlar ham ta’sir qiladi. Masalan, soliq turlari va miqdori qancha ko‘p bo‘lsa real ish haqi shuncha pasayadi, yoki aksincha.
Nominal ish haqi ishchining ishlab topgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa uning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi.
Ish haqi aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismlaridan birini tashkil qilib, u istiqbolda ham o‘zining yetakchi rolini saqlab qoladi.
Mamlakatimizda ish haqi darajasining oshib borishi hisobiga ishlayotgan har bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish haqi darajasi ham oshib bormoqda (12.1- jadval). Bu esa aholi daromadlarining yildan yilga oshib borayotganligidan dalolat beradi.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin