O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə209/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham bo‘lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma vaqt birga teng bo‘ladi).
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo‘lgan ishchining mehnatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
Mehnat qilish sharoiti og‘ir va zararli bo‘lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo‘shimcha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo‘yicha farqlantirilgan) kasbiy mahorat uchun belgilanadi.
Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yetakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bo‘lishini ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi ko‘zlanadi.
Respublikamizda ham tarif tizimi orqali ish haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi to‘lashning yagona razryadlari aniqlangan. Narxlar o‘sishi bilan minimal ish haqi darajasi (1-razryad) hamda barcha razryadlar ular o‘rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi. Masalan oxirgi o‘zgarish, 2019 yilning 1 avgustidan boshlab Respublikamizda ish haqining minimal darajasi oyiga 223000 so‘m qilib belgilandi (12.3-jadval).
O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minotini tubdan takomillashtirishga harakat qilinmoqda. Shunga ko‘ra, 2017- 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Farmonida1


1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 1-ilova, 4.1-bandi

  • aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;

  • budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish kabi vazifalar belgilangan.


Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin