O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə217/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Bozor iqtisodiyoti sharoitida agrar munosabatlarning mazmuni. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning xususiyatlari

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning muhim sohasi bo‘lib, unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va aholi uchun


iste’mol buyumlari tayyorlovchi sanoat tarmoqlariga xomashyo ishlab chiqariladi. Xalq orasida qadim zamonlardan beri qishloq xo‘jaligi xazinalar sandig‘i hamda etti xazina degan gaplar yuradi. Etti xazina deganda – sigir, tovuq, o‘rmon, ipak qurti, asalari juvoz va tegirmonlar ko‘zda tutiladi. Bu xazinalarning har biriga alohida ta’rif bergan ham dono xalqning o‘zidir. E’tibor bering: chorva – ro‘zg‘or qassobi va baqqoli. Paranda – ham obi yog‘von, ham dori-darmon. Ipak qurti – qizlar sepi. O‘rmon – imorat suyagi, hayot tirgagi, musaffo havo manbai. Asalari – oila tabibi. Objuvoz – qozonning yog‘i. Tegirmon – qorinning belbog‘i.1 Bu iboralar ota-bobolarimizning kuzatishlari va tajribalarida sayqal topgan dono fikrlar bo‘lib, qishloq xo‘jaligining inson hayotidagi doimiy ahamiyatini ifodalovchi tushunchalardir. Bu qayd etilgan etti xazinaning hammasi qishloq xo‘jaligida bo‘lib, bu sohaning ahamiyatiga bundan ortiq tarif topish qiyin.
Shuning uchun ham mamlakatimizda bu sohani rivojlantirishga har doim alohida e’tibor berib kelinmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan «qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish»2 lozimligi ta’kidlanib kelinmoqda. Agrar soha oldida turgan vazifalarni bajarish uchun agrar sohani va ular bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish va infratuzilma sohalarini xorijiy davlatlar tajribasi asosida har tomonlama isloh qilish asosida rivojlantirish zarurdir. Boshqa sohalar kabi qishloq xo‘jaligida ham kishilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir bo‘ladi.
Agrar sohada ishlab chiqarish ko‘p jihatdan yer bilan bog‘liq bo‘ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.


1 Raxmatov M.A., B.Z.Zaripov. Klastеr – intеgratsiya, innovatsiya va iqtisodiy o‘sish. T.: Zamin Nashr, 2018 y. 20 bеt.
2 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbеkiston Rеspublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan stratеgiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin