O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə215/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy tayanch tushunchalar
Ish haqi – ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasi.
Vaqtbay ish haqi – ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga olinib to‘lanadigan ish haqi.
Ishbay ish haqi – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ish hajmiga qarab to‘lanadigan ish haqi.
Real ish haqi – nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib olish layoqati.
Nominal ish haqi – pul shaklida olingan ish haqi summasi.
Ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi – bajarilgan ish uchun haq to‘lashni erishilgan turli natija ko‘rsatkichlariga qarab mukofot berish bilan qo‘shib olib borilishini nazarda tutuvchi tizim.
Ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi – ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha, me’yordan yuqori qismiga esa oshirilgan haq (tarif) bo‘yicha ish haqi to‘lanishini ko‘zda tutuvchi tizim.
Tarif tizimi – ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasini tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab tartibga solib turuvchi me’yorlar majmui.
Tarif-malaka ma’lumotnomalari – ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, ishchi va mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar, turli tavsifdagi ishlarni tariflash uchun qo‘yiladigan razryadlar majmui.
Tarif setkasi – turli razryadlar va tarif koeffitsientlari majmui bo‘lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi.
Tarif stavkalari – tegishli ravishda belgilab berilgan turli razryadga ega bo‘lgan ishchilarning mehnatiga to‘lanadigan haq miqdori majmui.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin