O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə289/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

17.3-rasm. Real mahsulot o‘sishini aniqlab beruvchi omillar
Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni qisman susaytirib turuvchi omillar ham mavjud bo‘ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof-muhitning ifloslanishi kabi holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda respublikamizda davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini
yaxshilash va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur’atining susayishiga ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat unumdorligini oshirish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar boshqa tomonga jalb qilinadi. Bu albatta kishilar sog‘lig‘i va hayoti uchun zarur bo‘lgan darajalardir.
Hozirda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omillaridan imkon qadar samarali foydalanishga e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, iqtisodiyotda ishchi kuchining samarali bandligini ta’minlash bu boradagi muhim yo‘nalishlardan hisoblanadi. Har yili iqtisodiyotda yangi ish o‘rinlari yaratib borilmoqda. Masalan, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiy ettirishni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish natijasida ishchi kuchi bandligi darajasini oshirish va tarkibini yanada takomillashtirish mumkin. Bu esa mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlashga zamin yaratadi.
Mamlakatimizda ishchi kuchiga talabning oshishi bo‘yicha iqtisodiy tadbirlardan eng asosiysi iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdir. Bunga eng avvalo mulkchilik shakllarini rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, yangi ish joylarini yaratish, ish vaqtidan unumli foydalanish, ishlovchilarning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ko‘tarish, soliqlarni oqilona belgilash orqali erishiladi.
Muhim iqtisodiy tadbirlar majmuasiga qayta ishlash sanoati va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarishni kengaytirishga davlat tomonidan imtiyozli kreditlar berish, ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish, bozor sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va qayta ishlash sanoati tarmoqlarining asosiy mahsulotlariga davlat buyurtmasini belgilash, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy ishlarni mablag‘ bilan ta’minlash kiradi.
Bu tadbirlar qo‘shimcha ish joylarini tashkil qilishda eng kam investitsiyani nazarda tutadi va ishchi kuchiga talabni oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini mablag‘lar bilan ta’minlashning manbalari bo‘lib mahalliy budjet, bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hamda xususiy tadbirkorlarning shaxsiy jamg‘armalari xizmat qiladi. Bugungi kunda ayniqsa, mintaqalarda aholi bandligi, ishlab chiqarishni ishchi kuchi bilan ta’minlash masalalarini o‘rganishni hayotni o‘zi taqozo etmoqda.
Iqtisodiy o‘sish omillaridan texnika taraqqiyotini ta’minlash hamda investitsiyalar hajmini oshirish – mamlakatimizdagi iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishiga aylangan. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «bu islohotlar natijasida xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishimiz kerak. Odamlarimiz yetarli daromad topishi uchun eng qulay biznes va investitsiya muhitini shakllantirib, yangi-yangi korxonalar va ish joylarini ko‘paytirishimiz zarur»1.
Umuman olganda, hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarishga investitsiyalarni ko‘proq jalb etish zarurati quyidagilar orqali izohlanadi:

  1. jahon bozorida zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar arzonlashadi. Bunday imkoniyatdan foydalanib, ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini yangilash hamda uning asosida raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish qisqa davrda ushbu sarf-xarajatlarni qoplash imkonini beradi;

  2. yuqori darajada qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni eksportga chiqarishning qo‘shimcha imkoniyatlari vujudga keladi;

  3. texnik va texnologik asosni yangilashda vaqt jihatidan yutish imkoni paydo bo‘ladi;

  4. investitsiyalar ichki talabni kengaytirib, qurilish sanoatining rivojlanishini rag‘batlantiradi;

  5. ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi diversifikatsiyalanadi.





1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar.
Korxonalarni texnik va texnolgik yangilash, modernizatsiya qilish va yangi ishlab chiqarish obyektlarini qurish, shu orqali yangi ish o‘rinlarini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror va dinamik rivojlanishini ta’minlash uchun yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 Farmoni qabul qilingan bo‘lib, ushbu dasturda belgilangan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlarning ahamiyati katta bo‘lmoqda.
Hukumatimiz tomonidan qulay investitsiya siyosatini olib borish maqsadida quyidagi tamoyillarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda: tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish; respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital qo‘yilmalarning keng jalb qilinishini ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlarni yanada takomillashtirish; yurtimizga jahon darajasidagi texnologiyalarni olib kiruvchi, milliy xo‘jalikning zamonaviy tuzilmasini tashkil etishga ko‘maklashuvchi chet el investorlariga nisbatan qulay sharoitlar yaratish siyosatini izchil olib borish; eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga mablag‘larni yo‘naltirish1. Bundan ko‘rinadiki, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, zamon talablariga mos bo‘lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining keyingi to‘lqinlari zarbasiga ijtimoiy-iqtisodiy talofatlarsiz bardosh berish, ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda kompleks yondashuvlarga urg‘u berilmoqda.




    1. Yüklə 11,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin