O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


rivojini rag‘batlantirishga



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə375/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish”1 bo‘lib, unda quyidagilar belgilab berilgan.

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;

  • davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib- taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart- sharoitlar yaratish;

  • korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;

  • mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish.

Bundan ko‘rinib turibdiki, 2017-2021 yillarda iqtisodiyotni boshqarishda davlatning aralashuvi va ta’siri keskin kamaytirilib, o‘zini-o‘zi boshqarish tizimi kuchaytiriladi.


Xulosalar

  1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi uning bozor vositasida o‘zini-o‘zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo‘lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifalarni o‘z zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning



1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 1-ilova.
xususiy tavsifi keltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; iste’molchilarning manfaatlarini himoyalash; bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish, jumladan, aholining kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g‘amxo‘rlik qilish, bepul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va shu kabilarni o‘z zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasini ham o‘z zimmasiga olishi orqali izohlanadi.

  1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati tushuniladi.

  2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalari orqali ifodalanib, ular, asosan, bozor tizimining amal qilishini engillashtirish va himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Ya’ni, bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; raqobatni himoya qilish; daromad va boylikni qayta taqsimlash; resurslarni qayta taqsimlash; iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish.

  3. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bevosita va bilvosita ta’sir qilish usullari hamda tashqi iqtisodiy usullardan foydalanadi. Tartibga solishning bevosita ta’sir qilish usullaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ma’muriy tartibga solish ko‘zda tutiladi. Bu usullar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlarini bevosita boshqarish; narxlar va ish haqini

«muzlatib» qo‘yish siyosati; ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish va h.k.

  1. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va budjet siyosatida o‘z ifodasini topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: hisob stavkasini tartibga solish; moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zaxiralari minimal hajmini o‘rnatish va o‘zgartirish; davlat muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat obligatsiyalarini chiqarish, ularni sotish va to‘lash). Davlat budjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o‘zgartirishga qaratilib, bu usulning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi.




Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin