Asosiytayanchtushunchalar Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish – davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi– iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish.
Davlatning iqtisodiy vazifalari – iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart- sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Iqtisodiyotnidavlattomonidantartibgasolishningusullari – tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi.
Bevosita usullar – iqtisodiyotni tartibga solishning taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish tavsifidagi ma’muriy vositalari.
Bilvositausullar – iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari.
Takrorlashuchunsavolvatopshiriqlar Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarini baholang.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi to‘g‘risidagi qanday nazariyalarni bilasiz?
Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha tavsifini bering.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligini nima taqozo qiladi?
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo‘yadi?
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita usullariga tavsif bering. Tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalarini sanab ko‘rsating.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat sektori qanday rol o‘ynaydi?
Davlat ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari nima va ular qanday amalga oshiriladi?
O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi dinamikasini tahlil qiling. Yillar davomida tarmoq va sohalar bo‘yicha davlat sektori ulushining o‘zgarishini izohlang.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning tashqi iqtisodiy usullari mazmunini tushuntiring.