Importnihisobgaolganholdaeksporthajmio‘zgarishiningyalpimilliyishlabchiqarishhajmigata’sirini quyidagicha ifodalash mumkin:
YaIM
(MRS 1
MRM) X.
Tashqi savdo multiplikatori cheksiz harakatda bo‘lmaydi. Import tovarlarni iste’mol qilishga so‘nggi qo‘shilgan moyillikning qiymati birdan kam bo‘lganligi sababli navbatdagi qo‘shimcha o‘sishlar miqdori muntazam qisqarib, multiplikatsiya jarayoni sekin-asta so‘nib boradi.
Xalqarosavdobirqatoro‘zigaxosxususiyatlargaega: Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o‘rtasida mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo‘ladi. Masalan, ishchilar mamlakat ichida
viloyatdan viloyatga, hududdan hududga erkin o‘tishi mumkin. Mamlakatlar o‘rtasidagi til va madaniy to‘siqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi kuchining mamlakatlar o‘rtasidagi migratsiyasiga qattiq cheklashlar qo‘yadi. Soliq qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga solishning boshqa tadbirlaridagi farqlar va boshqa qator muassasaviy to‘siqlar real kapitalning milliy chegara orqali migratsiyasini cheklaydi.
Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o‘rtasida xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi.
Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo‘lib, bu ichki savdoga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo‘yicha sezilarli farqlanadi.
Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli mamlakatlar o‘rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bog‘liq. Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro savdoda ustun ravishda xomashyo, materiallar, oziq-ovqat va engil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo‘lsa, bugungi kunga kelib sanoat tovarlari, ayniqsa mashina va asbob-uskunalarning salmog‘i sezilarli darajada o‘sdi. Intellektual tovarlar va xizmatlarning ulushi ham keskin ravishda oshib, umumiy savdo aylanmasining 10 foiziga qadar etdi. Shuningdek, xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. An’anaviy ko‘rinishdagi tovar birjalari, auksionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko‘rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qo‘llanmoqda:
barter – tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini bir-biriga taqqoslash uchun pulning qiymat o‘lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;
eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir qismiga import tovarlarni xarid qilish;
texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish;
import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab berish;
kompensatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko‘ra, texnologik asbob- uskunalar yetkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar ko‘rinishidagi) bo‘yicha to‘lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor mahsulotlarni yetkazib berish orqali amalga oshiriladi;
bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini qo‘shimcha xomashyo yetkazib berish orqali to‘lash;
kliring operatsiyalari, ya’ni o‘zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning proteksionizm(tashqita’sirdanhimoyalash) va fritrederlik(savdogato‘liqerkinlikberish) kabi shakllari keng tarqalgan.
Proteksionizmning klassik va zamonaviy ko‘rinishlari farqlanadi. Klassikyokiqattiq proteksionizm siyosatining nazariy asosini merkantilizm tashkil etib, uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
tovarlar importini cheklash;
eksportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
chetdan keluvchi tovarlarga yuqori boj to‘lovlari o‘rnatish orqali milliy ishlab chiqarishni himoyalash;
tovarlarning ma’lum turlari bilan savdo qilishga davlat monopoliyasining o‘rnatilishi va h.k.