iste’mol fondining o‘sishini ishlab chiqariladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatning moddiy hajmi ko‘payishiga bevosita bog‘liq qilib qo‘yish;
naqd pul va kredit emissiyasining o‘sishiga, aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik
Uning bir misoli sifatida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan farmonini aytish mumkin. Bu farmonda “ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash”1 bandi kiritilgan.
Bundan tashqari, ushbu harakatlar strategiyasida mamlakatimizda ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar hajmini, turini ko‘paytiri, sifatini oshirish, ular sotiladigan bozorlar miqyosi va geografiyasini kengaytirishning bir qancha yo‘nalishlari, chora-tadbirlari belgilangan bo‘lib, ular milliy valyutamiz barqarorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi.
Mamlakatimizda tovar-pul munosabatlarini takomillashtirish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirildi, jumladan, milliyvalyutamiznierkinkonvertatsiya qilishga kirishildi. Yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo‘ldi. Chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalari hajmi liberalizatsiya davriga nisbatan 1,5 barobar oshib, o‘rtacha 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, davlatimizning oltin-valyuta zaxiralari yil davomida 1,1 milliard dollarga ko‘paydi”2.