Erkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha judako‘pishlabchiqaruvchilarvaiste’molchilar,sotuvchilarvaxaridorlarmavjudbo‘lib,ularo‘rtasidaerkinraqobatamalqiluvchi,narxlartalabvataklif o‘rtasidaginisbatgaqaraberkinshakllanuvchibozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usullari qo‘llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi ro‘y beradi.
Hozirgizamonrivojlanganbozoriijtimoiy-iqtisodiysamaradorliknita’minlashvaaholiniijtimoiyhimoyalashmaqsadidabozoraloqalariningdavlattomonidantartibgasolibturilishigaasoslanadi. Demak, davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan bo‘ladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari o‘rtasidagi tafovutlar me’yor darajasida ushlab turiladi.
Bozor hududiyjihatdan ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu- York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Yevropa bozori) va nihoyat jahon bozori.
Sotiladiganvasotibolinadigantovar,xizmatturigako‘ra bozorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy- texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.