O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə121/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

7.3-rasm. Taklif egri chizig‘i

Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar


ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:

  1. resurslar narxi;

  2. ishlab chiqarish texnologiyasi;

  3. soliq va subsidiyalar;

  4. boshqa tovarlar narxi;

  5. narx o‘zgarishining kutilishi;

  6. bozordagi sotuvchilar soni.

Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining o‘zgarishini taqozo qiladi.
Taklifga ta’sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.

  1. Resurslar narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan,

mineral o‘g‘itlar narxining pasayishi bug‘doy taklifini oshiradi, qurilish
materiallari narxlarining oshishi uy-joy va ishlab chiqarish binolari taklifini qisqartiradi.

  1. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomillashuvi mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdori va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.

  2. Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Soliqlarning aksariyat turlari ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya (subsidiya – davlat tomonidan aholi yoki korxonalarga o‘z zararlarini qoplash yoki boshqa maqsadlar uchun qaytarilmaslik sharti bilan beriluvchi mablag‘) bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.


  3. Yüklə 11,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin