O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə118/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.
Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernest Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko‘ra, iste’molchi daromadi bilan u
tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Engel qonuni deyiladi.
Bu qonunning amal qilishini Engel egri chizig‘i orqali ifodalash mumkin (7.2-rasm).
Daromad, ming so‘m


100
90
80
70
60
50
40
30
20
10

0 1 2 3 4 5 6 7 8 Tovar miqdori, dona




7.2-rasm. Engel egri chizig‘i
Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i o‘suvchan ko‘rinishida bo‘ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o‘sib borishi bilan bu turdagi tovarlar ko‘proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig‘i pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lib, daromadlar oshib borishi bilan iste’molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste’moli daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bo‘ladi. Rasmdan ko‘rinadiki, iste’molchining bir oylik daromadi 10 ming so‘mdan 20 ming so‘mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20 ming so‘mdan 30 ming so‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining o‘sishi sekinlamoqda: 30 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha – 4 donadan 6 donagacha, 40 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha – 6 donadan 7 donagacha.
Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o‘sishi butunlay to‘xtagan (daromadning 60 ming so‘m va undan yuqori darajalarida
mazkur tovarning 7 donasi sotib olinmoqda). Engel egri chizig‘i iste’molchilar pul daromadlari o‘zgarishining talabga qanday ta’sir qilishi to‘g‘risida axborot beradi. Bu axborot tovar ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z tovarlarining mumkin bo‘lgan sotish hajmi va bozor kon’yunkturasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.

  1. O‘zaro bog‘liq tovarlar narxi o‘zgarishining talabga ta’sirini o‘rganishda ularni ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 1) o‘zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o‘rinbosar tovarlar; 2) o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar.


Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin