O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə114/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy tayanch tushunchalar


Bozor islohotlari – bozor iqtisodiyotini va bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor iqtisodiyoti tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davr.
Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui.
Iqtisodiy uklad – turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yuritishning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish – bu xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimi.
Islohotlar konsepsiyasi – ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo‘nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo‘llarining umumiy g‘oyasi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish – tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart- sharoitlarni vujudga keltirish.
Modernizatsiyalash – jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o‘zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish jarayonlari majmui.


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar

  1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning jahon tajribasida sinalgan asosiy yo‘llari (modellari) ni ta’riflab bering. Ularning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsating.

  2. O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li qanday xususiyatlarga ega? Respublika iqtisodiyotini isloh qilishga qanday tamoyillar asos qilib olinadi?

  3. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish tamoyilining mazmunini batafsil tushuntiring. Har bir bosqichning maqsad va vazifalarini to‘laroq bayon qiling.

  4. Mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh qilish qanday yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi? Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘zingizning fikr-mulohazalaringizni bildiring.

  5. Bozor munosabatlariga o‘tishda iqtisodiy islohotlar o‘z oldiga qanday vazifalarni qo‘yadi? Bu vazifalarning to‘laroq tavsifini bering.

  6. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish davrida davlatning yetakchilik faoliyati nimadan iborat ekanligini tushuntirib bering.

  7. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini qaror toptirishning qanday davlat dasturlarini bilasiz? Ular bir-biri bilan qanday bog‘langanligini tahlil qiling.

  8. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning mazmunini tushuntiring. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish o‘z oldiga qanday vazifalarni qo‘yadi?

  9. Birinchi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan milliy taraqqiyotimiz alohida davrlarining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? Bu davrlarda qanday iqtisodiy chora-tadbilar amalga oshirildi?

  10. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etishning asosiy ustuvor vazifalarini so‘zlab bering.


  1. Yüklə 11,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin