O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə134/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

bob. RAQOBAT VA MONOPOLIYA

Bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o‘zining etuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib, «Xalqaro tajribani o‘rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo‘lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo‘l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to‘g‘risidagi qonunlarni yangilash hamda iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi» 1, deb ta’kidlagan edilar.
Bu muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlarni yoritib berish mazkur bobning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, bu bobda raqobatning mazmuni, zarurligi, shakllari va usullari monopoliyalarning iqtisodiy asosi, turlari va mamlakatimizda monopoliyaga qarshi qonunchilikning rivojlantirilishi raqobatchilik muhitining shakllantirilishi kabi masalalar bayon etiladi.



    1. Raqobatning mazmuni, shakllari va usullari

Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi


1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar.
kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin