Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyattomonidan e’tirof etilmagan,ijtimoiyahloqqoidalaridoirasidanchetgachiquvchi,noiqtisodiy(ya’ni,jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga puturyetkazishvah.k.)usullaridanfoydalanishg‘irromraqobatdebyuritiladi. G‘irrom raqobat orqali firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Banklarni, moddiy resurs ta’minotchilarini kredit va materiallar yetkazib berishdan voz kechishga majburlash, yetakchi mutaxassislarni og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish g‘irrom raqobatning oddiy usullaridir.
Halolraqobat–raqobatkurashidajamiyattomonidantanolinganiqtisodiyusullarniqo‘llash,o‘ziningmaqsadvamanfaatlarigaerishishdaumumjamiyatmanfaatlarigazidkeluvchiholatlarniqo‘llamaslikkabi qoidalarga asoslanadi. Shu o‘rinda halol raqobatning quyidagi belgilarini ham ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
qalbaki bellashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi;
boqimandalik, befarqlik, yuzakichilik, ko‘zbo‘yamachilik kabi salbiy holatlarga barham beradi;
qarindosh-urug‘chilikni, oshna-og‘aynigarchilikni, tanish-bilishlikni, ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi1.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.
Narxvositasidaraqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi – «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – dempingnarxlarniqo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan narxlarda sotadi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish, muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
1 Abdullaеv Yo. Bozor iqtisodiyoti asoslari: 100 savol va javob. – T.: «Mеhnat», 1997, 58-59-b.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z mahsuloti narxini pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday harakat qilishiga olib keladi. Natijada firmalarning bozordagi mavqei o‘zgarmay, faqat tarmoq bo‘yicha foyda hajmini kamaytiradi.