O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə145/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Konsorsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish).
Konsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalarning sanab o‘tilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan.
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo‘ladi. Birinchidan, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, u ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi. Ikkinchidan, monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi. Chunki, uncha yirik bo‘lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko‘ra, ko‘proq joriy daromadga e’tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g‘oyalar raqiblar tomonidan juda tez o‘zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g‘oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo‘lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi. Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko‘rsatish mumkin:


  1. Yüklə 11,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin