O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə153/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning mazmuni va vazifalari. Narx darajasiga ta’sir etuvchi omillar

Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.




1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar.
Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, lekin doimo bir-birini taqozo etadigan, birisiz ikkinchisi bo‘lmaydigan ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o‘quvchiga oldingi boblardan ma’lum. Oldingi o‘rinlarda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud sharoitda shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish, ya’ni ijtimoiy-zaruriy naflilikni yaratish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni ifoda etishini aytib o‘tgan edik. Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda iste’mol qiymati (naflilik) qiymatni o‘zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to‘g‘ri hisobga olmaslik, uning mazmunini ochishda masalaga bir tomonlama yondashish natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif berilmoqda. Buning ustiga narxning darajasiga (yuqori yoki past bo‘lishiga), uning o‘zgarishiga turli xil omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushunishni bir oz chigallashtiradi. Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g‘oyalarida hamda oldingi siyosiy iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa, marjinalizm yo‘nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnell va S.Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida, shuningdek, yaqinda chop etilgan ayrim iqtisodiyot nazariyasi o‘quv qo‘llanmalarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi, degan fikrlar beriladi. Bunda so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e’tibor beriladi. Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar.
Rosiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida tovarning ikki xil xususiyati va binobarin, har ikki xil nazariyaning mohiyati, mazmuni va ularning narxni to‘g‘ri aniqlashdagi roli beriladi, lekin narxning asosida nima yotishi haqida aniq fikr berilmaydi.
Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo‘lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mehnat sarfi sifatida to‘liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi,
uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o‘zi deb qarash noto‘g‘ridir. Chunki unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo‘lishi mumkin. Jumladan, o‘zgarib turuvchi talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat – narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir ko‘rsatadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning iste’mol xususiyatlari o‘zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, ya’ni uning nafliligini ham hisobga oladi. Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o‘zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr- qimmatga egaligini ko‘rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx o‘zida faqatgina qiymat yoki naflilikning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul ko‘rinishida ifoda etadi. Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo‘lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi tovar ishlab chiqarish sarflarini qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko‘proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bo‘lgan qiymatni pul shaklida o‘zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarflayotgan pulining har bir birligiga ko‘proq naflilik (iste’mol qiymati) olishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to‘g‘ri kelgan nuqtada, darajada narx o‘rnatilib, tovar-pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo‘ladi. Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi 9.1- rasmga e’tiborni jalb etamiz.
Bu rasmdan tovarning narxi ma’lum bir iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi mustaqil ilmiy tushuncha ekanligi, tovarning ikki xususiyatiga asoslanishini, ular bilan chambarchas bog‘liqlikda o‘zgarishini ko‘rish mumkin.

Nafliligi (istе'mol qiymati)



Qiymati

Ijtimoiy zaruriy sarflar (mеhnat va moddiy)
9.1-rasm. Narx tovardagi ikki xil xususiyatlarning puldagi ifodasi
Undan tashqari, hozirgacha iqtisodiy fanlarda real hayotda turli-tuman tovarlar va xizmatlar nafliligini, ularning o‘zgarishini bir ko‘rsatkichga keltirib hisoblashning pul ko‘rinishidan boshqa o‘lchami topilgan emas. Naflilikning marjinalistlar tomonidan kiritilgan shartli o‘lchami – yutil (inglizcha utility – naflilik) ham turli tovarlar nafliligi hisobini olib borishga qodir emas. Bulardan xulosa qilib aytish mumkinki, narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Bu yerda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda alohida olingan ishlab chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan individual shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo‘lgan miqdorda va sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste’mol qiymat) o‘z ifodasini topadi. Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda o‘sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat ko‘rsatkichlarining o‘sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib keladi. Masalan, avtomobil dvigatelida ot kuchining oshishi, saloni, boshqaruv tizimi va tezligida bo‘lgan o‘zgarishlar uning narxi oshishiga sabab bo‘ladi. Chunki shu o‘zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarflangan xarajatlar ham oshgan bo‘ladi. Bunday ikki tomonlama o‘zgarishlar natijasida narxlarning o‘zgarishi hamma tovarlar va xizmatlarga xosdir. Narx tovar va xizmatlardagi ikki xususiyatning puldagi ifodasi sifatida, ularning o‘zgarishi natijasida o‘zgaradi. Shuning uchun real hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi

Yaratilgan tovar va xizmatlar

Ijtimoiy nafliligi
ikki xil xususiyat o‘zgarishlari ularning hajmini hisoblashda ikki xil narxda hisobga olinadi (9.2-rasm).

Ijtimoiy qiymati


Joriy, ya'ni o‘zgaruvchi narxlarda


Nominal mahsulot, ya'ni tovar va xizmatlarning joriy narxdagi qiymati




Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin