O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə161/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

9.5-rasm. Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i
Monopsonist o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni, masalan qishloq xo‘jaligi xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini tayyorlab qo‘yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig‘im-terimi davrida o‘zi sotib olayotgan xomashyoga monopol past narxlarni o‘rnatish imkonini beradi. Bunday past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun’iy ravishda sotilayotgan mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga keltirilishi xarid narxlarining navbatdagi pasayishiga olib kelib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga g‘arb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida keltirish mumkin. Afrikadan an’anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofe, kakao va h.k.) ga ham azaldan o‘ta past narxlar o‘rnatib kelinadi.
Bir vaqtning o‘zida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma o‘zining daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi.
Bunda monopol yuqori va monopol past narxlardan foydalanilib, ular o‘rtasidagi farq xuddi qaychining ikkita kesuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari kattalashib boradi. Narxlarning bunday harakati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi hududlarining kengayishiga asoslanadi. U sanoatning ko‘plab qayta ishlovchi korxonalari uchun xosdir. Bu korxonalar o‘zlarining tayyor mahsulotlariga undirma sanoat tarmoqlarida o‘rnatilgan narxlarga nisbatan bir necha marta yuqori narx o‘rnatadilar.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ko‘ra, “Ba’zi bir korxonalarga imtiyozlar berish orqali o‘zimiz erkin raqobat muhitini bo‘g‘ib, narxlarning barqaror bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqdamiz.
Endi biz bunday amaliyotdan voz kechamiz. Bu masalada hammaga teng sharoit yaratiladi. Imtiyozlar ayrim korxonalarga emas, balki alohida ishlab chiqarish va xizmat turlarini rag‘batlantirish maqsadida beriladi. Imtiyozni ro‘kach qilib, eng muhim faoliyat turlarini to‘la monopoliya qilib olishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi”1.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin