Demping narx – bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarinibozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsusnarx. U «bozorga kirib olish narxi» deb ham ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir qismidan kechib yuboriladi.
Nufuzlinarx–sotishhajminio‘zgartirmasdan,yuqorifoydaolishgaerishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx. Bu narxni qo‘llash uchun bozorda raqobat cheklangan bo‘lib, monopol vaziyat mavjud bo‘lishi zarur. Mazkur vaziyatda talab narxga bog‘liq bo‘lmaydi, shu sababli narxning ko‘tarilishi tovar sotilishini keskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi. Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala hovliga ega bo‘lish, mashhur kurortlarda dam olish, so‘nggi nusxadagi kiyimlar kiyish, yangi modeldagi avtomashinada yurish – martabali yoki obro‘talab iste’mol hisoblanadi. Martabali iste’mol nufuzli narxlarni yuzaga keltiradi. Ular odatdagi narxlardan ancha yuqori bo‘ladi. Nufuzli narxlarni qo‘llashda tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi talab, uning o‘zgarishi va bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, ma’lum davrgacha o‘zgarmaydigan qat’iy (standart) narx vao‘zgaruvchan narx qo‘llaniladi. Shunday tovarlar borki, iste’molchilar ularning narxi o‘zgarmasligini afzal ko‘radi. Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati tariflari shunday narxlar jumlasiga kiradi.
Erkin bozor narxi – bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozornarxidir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narx jamiyat va bozor munosabatlari barcha subyektlari manfaatlarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirishga imkon beradi.
Narx diapazoni narxlar oralig‘ining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, o‘rta va yuqori narxlarni o‘z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik keng bo‘lsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, chunki talab bilan narx o‘zaro bog‘lanadi.
Bozor ko‘lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro narxlar mavjud bo‘ladi. Hududiynarxfaqatma’lumhududiybozorgaxosbo‘lib, u shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo‘ladi. Milliy bozornarxibirmamlakatdoirasidaamalqiluvchivaularningxususiyatiniaksettiruvchi narxdir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. Jahonbozorinarximuayyantovarniishlabchiqarishgasarflangan baynalminal xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga moskelishdarajasinivaxalqarobozordagitalabvataklifnisbatinihisobgaoladi. Narxning xilma-xil turlari mavjud bo‘lsada, ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiyotnazariyasidanarxnisbatidegantushunchabor, u narx pariteti deb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir- biriga bog‘liq bo‘lganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi metall narxiga, metall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxi tarkibiga kiradi, chunki bu narxlarning har biri o‘zidan keyingi mahsulot xarajatlarini shakllantiradi. Bozorga shunday o‘ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko‘pchilik sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurslar hisoblanadi. Bular metall, neft, ko‘mir, gaz, yog‘och, bug‘doy, paxta kabi tovarlar bo‘lib, ular narxining o‘zgarishi butun narxlar nisbatini o‘zgartiradi.