Umumiyiqtisodiyqonunlar 1.3-rasm.Iqtisodiyqonunlarningturkumlanishi Rasmdan ko‘rinadiki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bir necha bosqichlarni bosib o‘tib, ular 1, 2, 3, … va h.k. tartibida belgilangan. Yuqorida ta’kidlanganidek, maxsus iqtisodiy qonunlar bu bosqichlarning har biri uchun alohida tarzda amal qilib, ular mazmunan bir-biridan farqlanadi. Davriy iqtisodiy qonunlar esa taraqqiyotining bir necha (bizning rasmda 3 ta) bosqichi uchun tegishli bo‘ladi va ularda amal qiladi. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarini qamrab olib, ularning hammasida amal qiladi. Masalan, takror ishlab chiqarish qonuni, mehnat unumdorligining o‘sib borish qonuni va hokazo.
Iqtisodiy qonunlarning har qaysisi o‘zicha amal qilmaydi, balki ular bir-birlari bilan chambarchas bog‘liqlikda amal qiladi, ularning biri ikkinchisini taqozo etadi. Shuning uchun ularni birgalikda iqtisodiy qonunlar tizimi deb yuritiladi. Iqtisodiy qonunlar yoki ularning tizimi o‘zgarmas narsa emas, balki ular ma’lum bir tarixiy sharoitda vujudga keladi, rivojlanadi va ma’lum sharoitda yo‘q bo‘lib ketadi. Masalan, qiymat qonuni, talab va taklif qonunlari, natural ishlab chiqarish davrida amal qilmagan. Tovar ishlab chiqarish va pul orqali ayriboshlash rivojlangan
davrdan boshlab amal qilmoqda. Bir zamonlar kelib, ishlab chiqarishning tovar shaklidan boshqa shakliga o‘tilsa, bu qonunlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlarning alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha)larni ham ta’riflab, ularning mazmunini ochib beradi.
Iqtisodiykategoriya–barqarortakrorlanibturadigan,iqtisodiyjarayonlarvarealhodisalarningayrimtomonlariniifodaetuvchiilmiy-nazariy tushuncha. Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) lar alohida kishilar tomonidan o‘ylab topilmagan, balki real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy fikrlash tafakkur mahsulidir. Masalan, tovar, pul, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlari, sohalari, bo‘laklari orasidagi bog‘liqlikni, ularning biri o‘zgarsa, albatta ikkinchisi ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) lar esa iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx o‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.