O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining mazmuni, vazifalari



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə168/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining mazmuni, vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari

Tadbirkorlik faoliyatining tarixi uzoq o‘tmishga borib taqalsada, uning ilmiy tushunchasi XVIII asrga kelib paydo bo‘lgan va mulkdor degan tushuncha bilan bir xil tushunilgan. Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan, raqobatli iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, boshqarish turli xil shakl va usullarda olib boriladi. Ularning ichida tadbirkorlik faoliyati alohida o‘rin tutadi va bu faoliyat orqali mulkchilikning turli shakllarini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarish ya’ni foyda olish amalga oshiriladi.


Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznes xususida, uning yo‘nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari to‘g‘risida ko‘plab olimlarning fikrlari, mulohazalari keng o‘rin egallamoqda. Ularda ko‘pincha tadbirkorlik faoliyati va biznesni bir xil tushuncha sifatida talqin qilinmoqda. Fikrimizcha, tadbirkorlik biznesdan farq qilib, tadbirkorlik – bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish bilan bog‘liq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha bo‘lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.
Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati nazariyasining rivojlanishida uch bosqich ya’ni, mazkur sohani ilmiy jihatdan tadqiq etishdagi alohida bosqichlar shartli ravishda ajratiladi.
Birinchi bosqich dastlabki bozor munosabatlari shakllanish davri – XVIII asrda paydo bo‘lib, u tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan tavakkalchilik jarayonlari bilan bog‘liq. Aynan iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga oid dastlabki tadqiqotlar ham shu davrda R.Kantilon, A.Tyurgo, F.Kene, A.Smit va J.B.Sey asarlarida amalga oshirilgan.
Fransuz iqtisodchisi R.Kantilon tadbirkorlikning muhim tavsifiy xususiyatlaridan biri sifatida tavakkalchilikni ajratib ko‘rsatadi. Uning fikricha, tadbirkor – voqea va hodisalarni oldindan ko‘ra bilish xususiyatiga ega bo‘lgan, o‘z zimmasiga barcha mas’uliyatni olib tavakkal qiluvchi, o‘z xatti-harakatlari tufayli daromad olishga umid qiluvchi va har qanday yo‘qotishlarga tayyor bo‘lgan shaxsdir1. R.Kantilondan keyin neoklassik maktab namoyandalari o‘z asarlarida o‘ziga xos tavakkalchilik asosida raqobatlashib, savdo faoliyati bilan shug‘ulanuvchi korxona egasini tadbirkor deb hisoblay boshladilar.
Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi nazariyalar rivojlanishining ikkinchi bosqichida tadbirkorlikning asosiy xususiyati sifatida innovatsion faoliyat ajratib ko‘rsatiladi. Bu oqimning asoschisi Y.Shumpeter bo‘lib, uning fikricha, iqtisodiy o‘sishning negizida tadbirkorni ishlab chiqarish omillarining yangi




1 Предпринимательства в конце ХХ века. М., 1992, 20-б.
kombinatsiyasini ishlatishga, qo‘llashga bo‘lgan intilishi yotadi va bu intilishning natijasi innovatsiya, yangiliklar hisoblanadi.
Mazkur nazariyalar rivojlanishi uchinchi bosqichining asosiy g‘oyasi - tadbirkorning muhim shaxsiy fazilatlari, jumladan izlanish va tadqiqot hisoblanadi. Bu oqim namoyandalari F.Xayek va L.Mizes tadbirkorlikka yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish va tadqiq qilish deb qaraydi, shu bilan birga faoliyati izlanish tarzida kechadigan har qanday shaxsni bo‘lg‘usi tadbirkor deb hisoblashadi.
K.Makkonnell va S.Bryu tadbirkorlikka asosida uzluksiz shartlar va talablar yotuvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar. Birinchidan, tadbirkor tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va
«katalizator» vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor – tashkilotchi shaxs bo‘lib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To‘rtinchidan, tadbirkor bu tahlikaga boruvchi insondir. U nafaqat o‘z mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki o‘z sheriklari, aksiyadorlari qo‘shgan mablag‘lar bilan ham tahlikaga boradi1.
Tadbirkorlik faoliyatiga alohida e’tibor berib kelayotgan mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev bu tushunchaga ta’rif berib, – “Joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etishga oid tadbirkorlik tashabbuslarini, ayniqsa, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berish zarur”2, deb ta’kidladilar.
Tadbirkorlik faoliyatiga yuqorida keltirilgan turli xil fikrlar va yondashuvlarni umumlashtirgan holda qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin: tadbirkorlik faoliyati shakli, turi va sohasidan qat’iy nazar foyda olish va uni ko‘paytirish maqsadida eng zamonaviy fan-texnika yutuqlari, innovatsiya, yangi texnologiyalarni qo‘llagan xolda amalga oshiriladigan faol iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‘z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud
1 Макконнелл К., Брю С. Экономикс. Принципы, проблемы и политика. – 19-изд. М.: Республика, 2013, с.38.
bo‘lishini taqozo etib, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin