Aralash kompaniyalar – davlat va xususiy mulk egalarining aksiyalarinibirlashtirishasosidatashkiletilganaksiyadorlikjamiyatlarivamajburiyatlari cheklanganshirkatlarshaklidagikorxonalar. Aralash kompaniyalar aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs hisoblanadi, xo‘jalik faoliyatida xususiy firmalar bilan barobar tijorat asosida qatnashadi. Shu bilan birga, ular xususiy firmalarga nisbatan ma’lum imtiyozlardan foydalanadi. Bu imtiyozlarga davlat tomonidan moliyaviy yordam va dotatsiyalar berish, chet el litsenziyalarini engil shartlar bilan olish, boshqa davlat korxonalaridan xomashyo va yarim fabrikatlarni qat’iy belgilangan narxlarda olish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta’minlanganlik va shu kabilar.
Kooperativtadbirkorlik–jamoamulkigaasoslanib,kooperatsiyaa’zolarining o‘z mehnati bilan korxona faoliyatida ishtirok etishini taqozoetuvchijamoatadbirkorliginingalohidashakli. Kooperativ mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ishlovchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita qo‘shilishi (xususiy mulkchilikda bunday qo‘shilishda mulkdor, davlat mulkchiligida esa davlat vositachi hisoblanadi); kooperatsiya a’zolarining ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalana olishi; ularning iqtisodiy jihatdan teng huquqqa egaligi; jamoaning o‘zini o‘zi boshqarishni amalga oshirishi; jamoa va shaxsiy manfaatlar uyg‘unligining yuzaga kelishi va h.k.
Xususiytadbirkorlikalohidashaxsyokikorxonatomonidanxususiytashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi.
Yakkatartibdagitadbirkorlikshaxsiymulkkaasoslanadi,ishlabchiqarishnitashkilqilisho‘ziyokioilaa’zolarimehnatiasosidaamalgaoshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menejeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo‘ladi. Xo‘jalik huquqi nuqtai nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu sababli uning egasi cheklanmagan mas’uliyatga ega bo‘lib, faqat fuqarolardan olinadigan daromad solig‘ini to‘laydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko‘rsatish sohasidagi
korxonalar, dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, huquqshunos, vrach, advokat kabi turli malakali mutaxassislar xizmati ko‘rinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri aksiyadorlik jamiyatlaridir. Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borgan sari yirik ishlarni bajarishga alohida olingan kapital egalari – tadbirkorlarning imkoniyati etishmaydi. Shuning uchun ular katta ishlarni yirik korxonalar yo‘llar qurish va boshqalarni amalga oshirish uchun o‘z kapitallarini birlashtirishga majbur bo‘ladilar. Buning natijasida aksiyadorlik jamiyatlari kelib chiqadi.
Yirik ishlarni amalga oshirib, katta foyda olish maqsadida bir nechta kapital egalari tadbirkorlar o‘zlarining moddiy (ishlab chiqarish vositalari) va pul mablag‘larini birlashtirib ittifoq (jamiyat) tuzadilar. Ular iqtisodiy adabiyotlarda aksiyadorlik jamiyati deb yuritiladi. Aksiyadorlikjamiyati–yiriqkapitalegalariningqo‘shganqapitallarihissasi(payi)asosidatashkiltopadiganhissadorlikjamiyatidir. Aksiyadorlik jamiyatining dastlabki kapitali – ta’sischilar qo‘shgan kapital yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Aksiyadorlar jamiyati kapitalining keyingi ko‘payish manbai aksiya qog‘ozlari chiqarib xohlagan odamga sotishdan kelib tushgan mablag‘g‘lardir. Shunga ko‘ra, aksiya chiqarish va uni erkin sotish aksiyadorlik munosabatlarining muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi.
Aksiyadorlik jamiyatining tashkil topishi ta’sischilik foydasi kabi daromad turining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ta’sischilikfoydasisotilganaksiyalarsummasi va aksiyadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgankapital miqdorio‘rtasidagi farqdaniborat. Aksiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq ko‘rinishda bo‘ladi. Ochiqturdagiaksiyadorlik jamiyati – ishtirokchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqaaksiyadorlarning roziligisiz sotib olish va ularni erkin sotish huquqiga egabo‘lgan jamiyat. Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati – aksiyalari faqat uningta’sischilariyokioldindanbelgilanganboshqashaxslardoirasidataqsimlanuvchi jamiyat.