11.1-rasm.Xarajatlarningnamoyonbo‘lishsohasigako‘raturkumlanishi Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari faqat tovarni ishlab chiqarish bilanbog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga olib, tovar birligi qiymatining faqat bir qisminitashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan qo‘shimcha mahsulot qiymati miqdoriga kam bo‘ladi.
Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liqbo‘lib,shutovarlarniishlabchiqaruvchidaniste’molchigayetkazilgunchaketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: qo‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash,transportgaortish,tashishvasaqlashxarajatlariqo‘shimchamuomalaxarajatlarihisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini
oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
Cofmuomalaxarajatlaritovarnisotishbilanbog‘liqbo‘lib,sotuvchilarningmaoshi, marketing (iste’molchilar talabini o‘rganish), reklama va shu kabixarajatlardaniboratbo‘ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining ikkinchi yo‘nalishdagi konsepsiyalari marjinalistlar va neoklassiklar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bu boradagi klassik nazariyalarni ham ma’lum darajada hisobga oladilar. Biroq, bu konsepsiyalarning o‘ziga xos tomoni shundaki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini tushuntirishda resurslarning cheklanganligi va ulardan muqobil foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqadilar.
Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo‘yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o‘z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo‘linadi (11.2-rasm).