O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə199/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Tannarxbu mahsulotning har bir birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir.
Yana bir bor eslatamiz, biz berayotgan bu tushunchada tannarx tarkibiga sun’iy ravishda kiritiladigan soliqlar, foizlar va boshqa to‘lovlar kirmaydi. Mahsulot tannarxini xarajatlarning asosiy turkumlari bo‘yicha hisoblash mumkin. Misolimizdagi «A» mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini hisoblab chiqamiz (11.2-jadval).


11.2-jadval
«A» mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini hisoblash



Xarajatlar

Jami ishlab chiqarish
xarajatlari, mln. so‘m

1 birlik mahsulot ishlab
chiqarish xarajatlari, so‘m

Xomashyo va materiallar

24,0

240

Yoqilg‘i va energiya

9,0

90

Ish haqi va ijtimoiy

15,0

150

sug‘urtaga ajratmalar







Transport xarajatlari

6,0

60

Boshqaruv xarajatlari

6,0

60

Jami

60,0

600

Jadvaldan ko‘rinadiki, korxonada «A» mahsulotning bir oylik ishlab chiqarish xarajatlari 60 mln. so‘mdan iborat bo‘lib, jami 1000 dona mahsulot ishlab chiqarilgan. Demak, 1 dona mahsulotning tannarxi 600 so‘mga teng.


Har bir korxona xarajatlarini ya’ni tannarxni kamaytirishga harakat qiladi. Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida eksport salohiyatini yuksaltirish va milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish ko‘p jihatdan tejamkorlikka erishish hamda mahsulot va xizmatlar tannarxini pasaytirishga bog‘liq. Shunga ko‘ra, 2020 yilda “Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi”1 deb o‘rinli ta’kidlandi.
Bu o‘rinda mahsulot tannarxini uning qiymatidan farqlash lozim. Ma’lumki, mahsulot qiymati (Q) o‘z ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati (QIV) hamda yangidan yaratilgan mahsulot qiymati (QYa)ni to‘liq oladi. O‘z navbatida yangidan yaratilgan mahsulot qiymati – ish haqi (IH) va yalpi foydaga (Fya) ajraladi (11.6-rasm).

Sarflangan ishlab
chiqarish vositalari qiymati (QIV)

Ish haqi (IH)



Yalpi foyda (Fya)



Mahsulot tannarxi (T)






Mahsulot qiymati (Q)





11.6-rasm. Mahsulot qiymati tarkibi


1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar.
Yalpi foyda miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi yana bir muhim omil – korxona o‘z mahsulotlarini sotishi mumkin bo‘lgan narx darajasidir. Uni to‘g‘ri tushunish uchun biz mahsulot narxi, qiymati va tannarxi o‘rtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajratib ko‘rsatish mumkin (11.7-rasm).


Qiymat



Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin