O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə200/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

11.7-rasm. Tovar qiymati va narxining nisbati

Rasmdan ko‘rinadiki, birinchi holatda narx mahsulotlar tannarxidan past darajada o‘rnatilib (N1 daraja), buning natijasida ular zarariga sotilishi mumkin. Ikkinchi holatda narxning N2 darajada o‘rnatilishi mahsulotni sotishdan olingan pul tushumining korxona xarajatlariga teng kelishi, ya’ni ishlab chiqarishning faqat o‘zini-o‘zi qoplashi ta’minlanishi mumkin. Uchinchi holatdagi N3 narx darajasi tannarxdan yuqori, biroq qiymatdan past bo‘lib, bunda korxona foydasi tovarda mujassamlashgan foyda miqdoridan kam bo‘ladi. To‘rtinchi holatdagi N4 narx darajasi qiymat miqdoriga teng bo‘lib, korxona tovarda mujassamlashgan barcha foydani oladi. Va nihoyat, beshinchi holatdagi N5 narx darajasini o‘rnatish korxonaga tovar qiymatidan ko‘proq pul daromadi olish imkonini beradi. Buni yuqorida keltirilgan misoldagi «A» mahsulot qiymati va narxi orqali aniqroq ifodalash mumkin: N1 = 500 so‘m; N2 = 600 so‘m; N3 = 800 so‘m; N4 = 1000 so‘m; N5 = 1200 so‘m.


Mana shu o‘rnatilgan yoki shakllangan narx va korxona sarflagan tannarx o‘rtasidagi farq yalpi foyda sifatida namoyon bo‘ladi va vo‘shimcha mahsulotni ifodalaydi. Demak, shakllangan yalpi foyda qo‘shimcha mahsulotning namoyon bo‘lish shaklidir. Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi bilish ham masalani to‘g‘ri tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi (11.8-rasm).
Rasmdan ko‘rinadiki, eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy subyektlarga turli to‘lovlar amalga oshiriladi. Bu to‘lovlarga boshqalarning yer va
binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablag‘lari uchun to‘lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari budjetiga o‘rnatilgan tartibda soliqlar to‘laydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablag‘lar kiritadilar. Yalpi foydaning ushbu to‘lovlardan qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek, jamg‘arish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.

Yalpi foyda







Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin