To‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimida ishlab chiqarish me’yori qay darajada bajarilishidan qat’iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha to‘lanadi. Ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi bir qancha ko‘rsatkichlar, masalan, reja topshirig‘idan ortiqcha hajmda ishlab chiqarilganligi, yuqori sifat darajasi ta’minlanganligi va boshqalar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. Ishbay-progressivhaqto‘lashtizimida ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha ish haqi beriladi, me’yordan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo‘yicha pul to‘lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash farqlanadi. Bunda olingan tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to‘lanadi. Haq to‘lashning jamoa shaklida ish haqi brigada, sex va boshqa bo‘linmaning pirovard mehnat natijalariga bog‘liq qilib qo‘yiladi. Bunda har bir xodim faqat o‘ziga berilgan shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bo‘linmaning butun ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor bo‘ladi.
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi – tarmoqlar va mamlakat mintaqasibo‘yicha,ularichidaesaishlabchiqarishturlari,turlitoifadagixodimlarmalakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqidarajasini tartibgasolibturuvchime’yorlarmajmui. Tarif tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tarif-malaka ma’lumotnomalari;
tarif stavkalari;
tarif setkalari;
ish haqiga nisbatan qo‘llaniluvchi turli koeffitsientlar.
Tarif-malakama’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil tavsifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, ularda muayyan ishni tariflash uchun qo‘yiladigan razryadlar ham ko‘rsatiladi.