12.3-jadval.
Yurtimizdagi eng kam oylik ish haqi miqdorining o‘sishi1
Qachondan
|
Miqdori
|
Huquqiy xujjat
|
01.08.2010 dan
|
45 215 so‘m
1,2 baravar oshirildi
|
09.07.2010
PF-4224-son
|
01.12.2010 dan
|
49 735 so‘m
1,1 baravar oshirildi
|
15.11.2010
PF-4253-son
|
01.08.2011 dan
|
57 200 so‘m
1,15 baravar oshirildi
|
07.07.2011
PF-4332-son
|
01.12.2011 dan
|
62 920 so‘m
1,1 baravar oshirildi
|
03.11.2011
PF-4377-son
|
01.08.2012 dan
|
72 355 so‘m
1,15 baravar oshirildi
|
05.07.2012
PF-4450-son
|
01.12.2012 dan
|
79 590 so‘m
1,1 baravar oshirildi
|
09.11.2012
PF-4482-son
|
15.08.2013 dan
|
91 530 so‘m
1,15 baravar oshirildi
|
11.07.2013
PF-4547-son
|
15.12.2013 dan
|
96 105 so‘m
1,05 baravar oshirildi
|
02.12.2013
PF-4582-son
|
01.09.2014 dan
|
107 635 so‘m
1,12 baravar oshirildi
|
31.07.2014
PF-4639-son
|
15.12.2014 dan
|
118 400 so‘m
1,1 baravar oshirildi
|
21.11.2014
PF-4672-son
|
01.08.2015 dan
|
130240 so‘m
1,1 baravar oshirildi
|
26.08.2015
PF-4751-son
|
01.10.2016 dan
|
149775 so‘m
1,15 baravar oshirildi
|
22.09.2016
PF-4875-son
|
01.12.2017 dan
|
172240 so‘m
1,15 baravar oshirildi
|
20.11.2017
PF-5245-son
|
15.06.2018 dan
|
184 300 so‘m
1,07 baravar oshirildi
|
02.07.2018
PF-5469-son
|
01.11.2018 dan
|
202 730
1.1 baravar oshirildi
|
13.10.2018
PF-5553-son
|
01.08.2019 dan
|
223 000
1.1 baravar oshirildi
|
21.05.2019
PF5723-son
|
1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma'lumotlari asosida
Prezidentimizning Oliy majlisga murojaatida ta’kidlanganidek, “Yil davomida budjet tizimi xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori inflyatsiya darajasidan yuqori miqdorda oshiriladi”1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–5723-son farmoniga muvofiq 2019 yilning 1 sentyabridan eng kam ish haqi miqdori (EKIH) o‘rniga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM), bazaviy hisoblash miqdori (BHM) va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori kiritildi.
Hozirgi paytda qo‘llanilishiga ko‘ra, 2020 yil 1 fevraldan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) – oyiga 679330 so‘m; bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 223000 so‘m; pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM) - 238 610 so‘m qilib belgilangan (12.4-jadval).
12.4-jadval.
O‘zbekiston Respublikasida ish haqi meyorlarining o‘zgarishi
Qachondan
|
MHTEKM
|
BHM
|
PHBM
|
Huquqiy xujjat
|
01.08.2019 dan
|
577170
|
202730
|
202730
|
21.05.2019
PF-5723-son
|
01.09.2019 dan
|
634 880
|
223000
|
223000
|
12.07.2019
PF-5765-son
|
01.02.2020 dan
|
679 330
|
223000
|
238610
|
30.12.2019
PQ-4555-son
|
MHTEKM lavozim maoshi, ustama, qo‘shimcha pul, gonorarlar, qo‘shimcha ish uchun kompensatsiya to‘lovlari, oziq-ovqat, yo‘l va rag‘batlantiruvchi boshqa turdagi to‘lovlar, ish haqini hisoblashda qo‘llaniladigan chegara miqdor, qonunchilik bilan belgilangan chegirib qolish hamda ish haqi miqdoriga bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlar aniqlash maqsadida mehnat munosabatlari sohasida qo‘llaniladi.
1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar.
MHTEKM egalik shakli va mehnat munosabatlaridan qat’i nazar, belgilangan mehnat normalarini to‘liq bajargan ishchilar mehnatiga haq to‘lashning past chegarasi sifatida barcha ish beruvchilar uchun majburiy bo‘ladi.
Bazaviy hisoblangan summa soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari, stipendiyalar va taqdim etiladigan davlat xizmatlari uchun boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlash, shuningdek, oilaning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovga muhtojligini aniqlashda qo‘llaniladi.
Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli
Mehnat munosabatlari – ish beruvchilar va yollanma ishchilar o‘rtasidagi mehnat sharoitlari va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha munosabatlardir.
“Kasaba uyushmasi — fuqarolarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi”1dir.
Ishga yollash bo‘yicha korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari
korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi ishga yollash bo‘yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi huquqiy xujjat. Mehnat shartnomalari avvalo ish haqi stavkasi, me’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog‘liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning o‘zgarishini hisobga olib iste’mol savati qiymatini tartibga solish kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi. Keyin mehnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi. Nihoyat, qator tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga (asosan uch yilga) tuziladi. Ayrim hollarda davlat ham korxona
1 O‘zbеkiston Rеspublikasining 2019 yil 6 dеkabrdagi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida” O‘RQ-588-sonli Qonuni
ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga, masalan, ish tashlash masalalariga tegishli munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo ish tashlash huquqi «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro pakt»da mustahkamlangan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi.
Kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
ixtiyoriylik;
kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish;
teng huquqlilik;
oshkoralik va ochiqlik.
Ko‘pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh masala ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo‘ladi. Aksariyat ishchi kuchi bozorlarida ishchilar o‘zlarining ishchi kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo‘lib «sotadilar». Kasaba uyushmalari nisbatan ko‘p sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo‘ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo‘llar bilan erishishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |