O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə212/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga ega bo‘lgan tadbirkorlarga qarshilik ko‘rsatish yo‘li bilan ham ish haqi stavkasini oshirishga erishishi mumkin. Buning natijasida ish haqini oshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha sarflar, yangi ishchi kuchini yollash natijasida olinadigan qo‘shimcha mahsulot hajmidan ortiq bo‘ladi.

Kasaba uyushmalari o‘zlarining iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishlarida manfaatlari himoya qilinayotgan mehnatkashlar guruhining kasbiy ixtisosligi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yopiq (tor) yoki ochiq (keng) turda tashkil etilishi mumkin. Yopiq turdagi kasaba uyushmalari ish haqi darajasini oshirish uchun ishchi kuchi taklifini qisqartirishga harakat qiladilar. Bu ko‘proq ma’lum kasb egalari, masalan, duradgorlar, g‘isht teruvchilar, elektr payvandchilar kabilarni o‘ziga birlashtiruvchi sex kasaba uyushmalari tarzida tashkil etiladi. Sex kasaba uyushmalari ish beruvchilarni faqat mazkur kasaba uyushmasiga a’zo
bo‘lgan ishchilarni yollashga majbur etib, shu orqali ishchi kuchi taklifi ustidan nazorat o‘rnatadilar. Zarur holda kasaba uyushmasiga a’zolikni qisqartirish orqali ishchi kuchi taklifini sun’iy yo‘l bilan qisqartiradilar. Bunda ular quyidagi yo‘llardan foydalanishlari mumkin:

  • o‘qitish, kasbga tayyorlash muddatini cho‘zish;

  • kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lish badallarini oshirish;

  • yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki umuman taqiqlash va boshqalar.

Bu tadbirlar asosida ishchi kuchi taklifini qisqartirish hamda ish haqi darajasini oshirish jarayonini quyidagi rasm orqali ko‘rish mumkin (12.1-rasm).


Ish haqi darajasi
0 Q2 Q1 Ishchi kuchi miqdori


12.1-rasm. Yopiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri
Rasmdan ko‘rinadiki, kasaba uyushmalari ishchi kuchi taklifini S1S1 dan S2S2 ga qadar qisqartirish orqali ish haqi darajasini W1 dan W2 ga qadar oshirishga erishadilar. Biroq, ishchi kuchi taklifining pasayishi yollangan ishchilar sonining Q1 dan Q2 ga qadar qisqarishiga olib keladi.
Aksariyat kasaba uyushmalari o‘z a’zolari sonini cheklashga harakat qilmaydilar. Aksincha, ular barcha mavjud yoki keyinchalik yollanuvchi ishchilarni birlashtirishga harakat qiladilar. Bu ochiq turdagi yoki tarmoq kasaba uyushmalari uchun xos bo‘lib, tarmoqdagi barcha ishchilarni, ularning malakasidan qat’iy nazar, o‘z saflariga a’zo bo‘lishiga intiladilar. Bu o‘rinda, agar
kasaba uyushmasi a’zolari faqat malakali mutaxassislardan tarkib topsa, uni yopiq tarzda tashkil etish ham mumkin bo‘ladi.
Chunki ish beruvchilar bu qadar katta miqdordagi malakali mutaxassislarni ishdan bo‘shatib, ular o‘rniga boshqalarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. Biroq, o‘ziga malakasiz yoki past malakali ishchilarni birlashtirgan kasaba uyushmasi a’zolikni cheklay olmaydi, bunday holatda ish beruvchilar bu ishchilarni kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lmagan ishchilar bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu holat kasaba uyushmasining amal qilish zaruratini yo‘qqa chiqaradi.
Agar tarmoq kasaba uyushmasi mazkur tarmoqdagi deyarli barcha ishchilarni birlashtira olsa, u holda ish haqi darajasi bo‘yicha shartnoma tuzishda kasaba uyushmalari korxona ma’muriyatini o‘z ta’siri doirasida ushlab tura oladi. Ma’muriyat tomonidan ularning shartlari inkor etilgan holda, ishchilarni ish tashlashga undash orqali kasaba uyushmalari korxonani ishchi kuchi taklifidan to‘liq mahrum etishi mumkin.
Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’sirini quyidagi rasm orqali ko‘rish mumkin (12.2-rasm).
Ish haqi darajasi
0 Q2 Q1 Ishchi kuchi miqdori

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin