O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə220/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Renta munosabatlari

Renta nazariyasi dastlab, fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va A.Tyurgolarning ilmiy asarlarida ko‘rib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, yerning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, yerning qo‘shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi deb izohlaganlar. Ular qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yaratishda, jumladan, sof va qo‘shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko‘rsatishga harakat qilganlar. Keyinchalik renta nazariyasining asoslari klassik iqtisodchilar U.Petti, J.Anderson, A.Smit va D.Rikardolar tadqiqotlarida turli darajada takomillashtirilgan. Jumladan, Anderson differensial renta to‘g‘risidagi qarashlarni ilgari surgan, biroq rentaning yaratilgan maxsuloti tovar qiymatining bir qismi ekanligini tushuntirib berolmagan. Rikardo esa, fiziokratlardan farqli o‘laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari o‘rtasidagi farq sifatida qarab, renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasi, qiymat qonuni bilan bog‘lagan.
Renta nazariyasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.Chernishevskiy va N.I.Ziberlar salmoqli hissa qo‘shganlar.
Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» bo‘yicha chop etilgan qator o‘quv qo‘llanma va darsliklarda ham yer rentasi munosabatlari keng bayon etilmoqda. D.D.Moskvin tahriri ostida tayyorlangan darslikda yozilishicha, resurslarning turli-tumanligi natijasida ulardan foydalanish chog‘ida renta daromadlarining turli ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, jumladan: qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini ishlab chiqarishda vujudga keluvchi yer rentasi; foydali qazilmalarni qazib olish chog‘ida vujudga keluvchi renta; o‘rmon resurslaridan foydalanishda hosil bo‘luvchi renta; qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta va
h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar yer bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi sababli ulardan foydalanishda rentaning vujudga kelishi uchun bir-biriga o‘xshash shart- sharoitlar mavjud bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik ekinlaridan foydalanishning iqtisodiy shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan renta munosabatlarini tahlil qilish uslubiyoti rentaning barcha turlariga tegishli bo‘ladi, shunga ko‘ra ularni yer rentasiga kiritish to‘g‘ri bo‘ladi. Haydaladigan er, qurilish uchastkasi, ruda koni, baliq ovi, o‘rmon va boshqalardan to‘lanishidan qat’iy nazar, renta ko‘rinishidagi mazkur pul summasi yer rentasi deb ataladi1.
Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta. Yuqorida aytib o‘tilgan qator nazariyalarni hamda yer rentasining tarixiy va zamonaviy shakllarini umumlashtirib aytish mumkinki, yer rentasi – yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir.
Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o‘rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo‘shimcha sof daromadni vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarining ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo‘jalik yuritish uchun yaroqli bo‘lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo‘lmasligida o‘z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi
– yerga yoki boshqa tabiiy resurslarga mulkchilik obyekti yoki xo‘jalik yuritish obyekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko‘p mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni


1 Основы экономической теории. Политэкономия: Учебник /Под ред. д-ра экон. наук, проф. Д.Д.Москвина. Изд. 3-е, исправл. – М.: Едиториал УРСС, 2003, с.216-217.
ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchigai sarflangan kapital o‘rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin