O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə223/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Absolyut renta. Ko‘pgina mamlakatlarda qishloq xo‘jaligida yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to‘g‘ri keladi. Hozirgi davrda yerga xususiy mulkchilik bilan bir qatorda boshqa mulkchilik shakllari ham mavjud. Masalan, davlat mulki, vaqf (machit, cherkov) mulklari va boshqalar. Yerga bo‘lgan mulkchilik monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalarining sifatidan qat’iy nazar, yer egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi. Absolyut yer rentasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, yer egalari (xususiy, davlat, cherkov, masjid) yerni ishlovchi ijarachilarga (fermerlar, tadbirkorlar) foydalanish uchun ma’lum miqdorda ijaraga beradilar va ulardan erdan foydalanganlik uchun to‘lovlar oladilar. Mana shu to‘lov absolyut yer rentasi deb nom olgan. Agar yer ijaraga berilganda shu yerda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo‘lsa, ularga to‘lanadigan haq alohida hisoblanadi va ular ijara haqi deb ataladi.
Agrar munosabatlarni tadqiq qilar ekanmiz, nima uchun qishloq xo‘jalik ishchilari yaratadigan qo‘shimcha mahsulot jamiyat miqyosida barcha mulk egalari o‘rtasida qayta taqsimlanmaydi, nima uchun qishloq xo‘jaligida olinadigan daromad o‘rtacha foydadan yuqori bo‘ladi, bu hodisaning sababi nimada, degan savollar tug‘iladi.
Tarixan shunday bo‘lib qolganki, ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan, bizning mamlakatimizda ham qishloq xo‘jaligidagi kapitalning uzviy tuzilishi sanoatdagidan pastdir. Shuning uchun qishloq xo‘jaligida yaratilgan tovarlarning bozor qiymati, ishlab chiqarishning ijtimoiy qiymatidagi qo‘shimcha qiymat miqdori jamiyatda shakllangan o‘rtacha foydadan ortiq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik tovarlarining bozor narxi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish narxi o‘rtasidagi bu tafovut absolyut renta manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Renta nazariyasiga ko‘ra qishloq xo‘jaligida rentaning yana bir turi – monopol renta ham mavjud bo‘ladi. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba’zan noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, sitrus ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini) etishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo‘lishi ko‘pincha to‘lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi.
Faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki undirma sanoatda ham qo‘shimcha daromad olinadi. Ma’lumki foydali qazilma konlari joylashuvi (va demak, ishlash uchun qulayligi) jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo‘jaligidagi singari, o‘rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar, u ham differensial rentaga aylanadi.
Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e’tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oldin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog‘liq ravishda kapital qo‘yilmalar sarflanmagan bo‘lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-biriga to‘g‘ri keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasidan farq qiladi. Ijara haqi quyidagilardan iborat: erdan foydalanganlik
uchun to‘lanadigan renta (R), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (r); yer uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada quyidagicha yozish mumkin:
ИХ R r A .
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara obyekti emas, balki oldi-sotdi obyekti hamdir. Yer ham qishloq xo‘jalik mahsuloti etishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo‘llar, aeroportlar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda yerning narxi nima bilan belgilanadi?

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin