O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə219/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

13.1-jadval
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarining ishlab chiqarishning o‘sishi





Ko‘rsatkichlar



O‘lchov birligi



2012



2014



2016



2018



2019

2012 yilga nisbatan 2019
yilda,%



Kartoshka

ming
tonna

2056,1

2452,4

2958,4

2750,1

2950,9

143,5


Sabzavot mahsulotlari

ming
tonna

7766,5

9286,7

11275,8

9635,1

9945,5

128,1


Poliz mahsulotlari

ming
tonna

1418,4

1696,1

2044,9

1904,9

1922,2

135,5


Mava va
rezavorlar

ming
tonna

2052,6

2490,6

3042,8

2589,7

2739,6

133,5




Uzum

ming
tonna

1204,6

1441,2

1735,8

1564,5

1595,2

132,4




Go‘sht

ming
tonna

1403,7

1906,3

2171,8

2417,4

2465,0

175,6




Sut

ming
tonna

7310,9

8431,6

9703,3

10480,7

10710,8

146,5


Tuxum

mln. dona

3873,7

4950,0

6111,7

7360,5

7757,4

200,3

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Jadvaldan ko‘rinadiki, 2019 yilda 2012 yilga nisbatan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan kartoshka (143,5%), sabzavot mahsulotlari (128,1%), uzum (132,4%), tuxum (200,3%), go‘sht (175,6%) ni tashkil etib, yuqori darajada o‘sgan.
O‘zbekistonda agrar islohotlarni amalga oshirish, tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish natijasida, fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli 2018 yilda ham mo‘l hosil etishtirilgan edi. Jumladan, 6,4 million tonna g‘alla, 2,3 million tonnadan paxta, 15,7 milllion tonnadan ortiqroq meva va sabzavot etishtirilgan bo‘lsa 2019 yil yakunlariga ko‘ra 7,2 million tonna g‘alla, 16,2 milllion tonnadan ortiqroq meva va sabzavot etishtirildi1.
O‘zbekistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik bo‘lganligi sababli yerga bo‘lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va erdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim.
1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma'lumotlari
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko‘zda tutiladi. Yerga egalikni eri bo‘lgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida ta’kidlanganidek, «Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin»1.
Yerdan foydalanish huquqi – bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‘lishi shart emas. Real xo‘jalik hayotida yerga egalik qilish va erdan foydalanishni ko‘pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo‘jaliklari amalga oshiradi. Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ham to‘rt omil – er, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval aytganimizdek, ishlab chiqarish jarayonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, yerni xarakatga keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan omil – ishchi kuchidir. Agrar munosabatlarni o‘rganishda ham ishchi kuchining, jonli mehnatning faol rol o‘ynashini, uning hamma moddiy vositalarga jon ato etib, harakatga keltiruvchi rolini tushunmaslik go‘yo kapital foyda yoki foiz, yer esa renta yaratadi, degan ko‘pgina xato fikr-mulohazalarga, yolg‘on tasavvurlarga olib keladi.
Agar mamlakatimizda aholi sonining va ularning qishloq xo‘jaligi maxsulotlariga bo‘lgan talabining oshib borishini, qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli yerlar maydonining ko‘paymasligini, aksincha, ayrim sabablarga ko‘ra (sho‘rlanish natijasida, qurilish maydonlariga, yo‘llarga ajratilishi natijasida) ularning kamayib borishini hisobga olsak, yerning har bir birligidan unumli foydalanish masalasi borgan sari dolzarb masala bo‘lib boradi.


1 O‘zbеkiston Rеspublikasi «Еr kodеksi». T., «O‘zbеkiston», 1999 y., 20-modda.
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta munosabatlari nazariyasi hozirgacha to‘liq o‘rganilmagan va to‘liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodchilar o‘rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo‘yicha turlicha yondashuv va qarashlar mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari noaniqligicha qolmoqda. Shu sababga ko‘ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo‘yicha asosiy va ko‘pincha bir-biriga qarama- qarshi bo‘lgan nazariyalarga duch kelamiz.




    1. Yüklə 11,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin