1-mavzu: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 29,24 Kb.
səhifə1/5
tarix11.07.2023
ölçüsü29,24 Kb.
#136359
  1   2   3   4   5
1- ma\'ruza


1-mavzu: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.


Reja
1.“Ekologiyava atrof-muhit muhofazasi” fanining rivojlanish tarixi.
2.Ekologiyava atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslari haqidagi tushunchalar.
3.O‘zbeksiton Respublikasi prezidenti asarlaridagi ekologik muammolar. “Ekologiya va atrof -muhit muhofazasi” fanini maqsad, vazifalari, bo‘limlari va tadqiqot usullari.
4.“Ekologiya, atrof-muhitni muhofazasi” fanining prinsiplari.
5.“Ekologiya va atrof- muhit muhofazasi” fanini boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi.


Ekologiya atamasini birinchi boʻlib nemis zoologi E.Gekkel 1866 yilda fanga kiritishni taklif qilgan boʻlsa-da, ekologik bilimlar qadimgi Yunoniston, Rim, Sharq hamda Markaziy Osiyo mamlakatla­rida oʻz rivojini topgan.
Jumladan, Gippokrat, Aristotel va shu kabi yunon faylasuflari asarlarida ekologiya haqida maʼlumotlar keltirilgan.
Miloddan keyin Yevropada Xristian dinining vujudga kelishi mu­nosabati bilan tabiiy fanlar inqirozga uchragan bir paytda Mar­kaziy Osiyoda u anchagina rivojlandi. Jumladan, oʻzbek ensiklope­dist olimi Abu Rayhon Beruniy (973-1051) yozib qoldirgan asarla­rida (uning 152 ta asari boʻlib, shundan bizgacha 27 tasi yetib kelgan) yil va fasllar­ning oʻzgarishi bilan hayvonlar va oʻsimliklarning oʻzgarishi toʻgʻrisida fikr yuritilgan. Uning aytishicha birorta hayvon yoki oʻsimlik turi yer yuzini butunlay qoplab olsa, boshqalarning koʻpayishiga oʻrin qolmaydi. Shu­ning uchun dehqonlar ekinlarni oʻtoq qiladilar, asalarilar asalni be­korga yeydigan oʻz jinslarini oʻldiradilar. Beruniy — Yer yuzining oʻzgar­ishi oʻsimlik va hayvonlarning oʻzgarishiga olib keladi, deb taʼkidlaydi.
Beruniy «Saydana» degan asarida 1116 tur dori – darmonlarni tavsiflagan. Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklari» va «Hindiston» degan asarlarida oʻsimlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan aloqasi haqida ham qiziqarli maʼlumotlar keltiriladi.
Abu Nasr Farobiy (873-950) botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va tabiatshunoslikning boshqa sohalarida fikr yuritib, tabiatda boʻlib tu­radigan tabiiy tanlanishni va insonlar tomonidan olib bo­riladigan sunʼiy tanlanishni tan oladi.
Ekologiyaga doir fikrlarni buyuk davlat arbobi, shoir va tabiat­shu­nos olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1482-1530) ham bayon qilgan. U oʻzining "Boburnoma" degan buyuk asarida oʻsimliklar va hayvonlarning oʻxshash tomonlari va farqlari haqida aniq dalillar keltiradi. Sa­marqand, Buxoro hududlarida oʻsadigan oʻsimliklar (ar­chalar, butalar, sarv daraxtlari, zaytunlar, chinorlar) va hayvonlarning koʻpchiligi Hin­distonda oʻsadigan oʻsimliklar va yashaydigan hayvonlarga oʻxshash ekanli­gini aytadi. Shu bilan birga Hindistondagi koʻpgina hayvonlar va oʻsim­liklar endemik ekanli­gini qayd qiladi. U bir mamlakat oʻsimliklarini ikkinchi mamlakat yerlariga oʻtqazib bogʻlar barpo qilgan. Jumladan Qo­bulga shimoldan olcha, Hindistondan banan, sha­karqamish keltirib ek­tirgan. Keyin­chalik bu oʻsimliklarni Buxoro va Badaxshonga ham yubor­gan.
Ekologiyaning keyingi taraqqiyoti Yevropada XVIII asrda oʻz aksini to­padi. Shu zamonda K.Linney va J.Byuffonlar qimmatli ekologik ku­za­tishlar olib borishgan. XIX asr boshlarida nemis tabiatshunosi A.Gumbold oʻsimlik hayotiy shakllarining dastlabki klassifikasiya­sini tuzdi. Shvesariya botanigi O.F.Dekaldol oʻsimliklarga tashqi muhit taʼsirini oʻrganadigan eirriologiya faniga asos soladi (1832 y.). Biroq ekologiya hamma olimlar tomonidan tan olingan fan sifa­tida faqatgina 1900 yillari shakllandi. Dastavval oʻsimliklar va hayvonlar ekologiyasi sohasida kuzatishlar olib borgan F.Klements va V.Shelfordlar, moddalar almashinuvi va ozuqa zanjiri konsep­siyala­riga asos solgan. T.Lindeman va Dj.Xatchinsonlar va koʻl siste­malarini kuzatgan E.Birdje va Chana Djudeye hamda shularga oʻxshash boshqa olim­larning kuzatishlari umumiy ekologiya fanining nazariy asoslarini tashkil etdi. XX asr boshlarida oʻsimlik va hayvonlarning tashqi muhit bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganish bosh ma­sala qilib qoʻyildi. Shu bilan birgalikda organizmlarning ichki suv havzalarida yashash sharoi­tini oʻrganish ham boshlab yuborildi. Suvda yashovchi organizmlarni oʻrga­nuvchi gidrobiologlar biomassa (nemis olimi T.Demol), biotsenoz mahsuloti (R.Demol, A.Tineman) tushun­chalarini taʼriflab berdilar. Ekologlar oʻz tajribalarini dala sha­roitida olib boradigan boʻldilar. Ular zararkunandalar, kemiruvchi­lar va ov qilinadigan sut emizuvchi­lar sonining oʻzgarib turishini tahlil qildilar, qor qoplamining hayvon­larga taʼsirini oʻrgandilar, tuproqda yashaydigan umurtqasizlarni tekshirdilar.
Ekologiya fanini rivojlantirishga ekosistema va biogeotsenoz tu­shunchalarining shakllanishi ham katta hissa qoʻshdi. Ingliz olimi A.Tensli (1935) birgalikda yashaydigan avtotrof va geterotrof orga­nizmlarning har qanday toʻdasi va ular hayoti uchun zarur boʻlgan abio­tik muhitni ekosistema deb atadi. Akademik V.N.Sukachev esa Yer yuzi­ning muayyan hududida yashaydigan oʻsimliklar, hayvonlar va mikroor­ganizm­larning, shu hudud landshafti, iqlim, tuproq hamda gidrolo­gik sharoit­lari bilan birligini biogeotsenoz deb nomladi. Bu tu­shuncha­larning fanga kiritilishi, ekologiyaning har xil boʻlimlarini bir-bi­riga yaqin­lashtirish imkonini berdi va XX asr boshlarida botanik va zoolog olimlar quruqlikdagi ekologik kuza­tishlarni alohida – alohida olib bordilar va natijada oʻsimlik gu­ruhlarining tuzilish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fitososiologiya (keyinchalik fitosinolo­giya) fani paydo boʻldi. Shu davrda gu­ruhlarning almashinish jarayon­lari qonuniyatlarini oʻrganish (suk­sessiya) davom ettirildi.
Oʻsimliklar guruhlarini oʻrganishda T.F.Morozovning "Oʻrmon toʻgʻrisidagi taʼlimoti" (1912 y.) va V.N.Sukachevning "Oʻsimlik gu­ruhlari haqidagi taʼlimotga kirish" (1915 y.) asarlari muhim ahamiyat kasb etdi. Hozirgi zamon nazariy ekologiyasining rivojla­nishiga ing­liz olimi Ch.Eltonning "Hayvonlar ekologiyasi" kitobi (1927) ham katta taʼsir koʻrsatdi.
XX asrning 20-30 yillarida akademik V.I.Vernadskiy Biosfera toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratib ekologiyani rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. 30-50 yillarga kelib, ekosistema doirasida moddalar ayla­nishi va energiya oqimini oʻrganish singari umumekologik muam­molar koʻtarildi.
40-50 yillarda T.A.Rabotnov va 60-yillarda A.A.Uranov oʻsimlik­larning populyatsiyalari toʻgʻrisidagi taʼlimotga asos soladilar. Key­in­chalik chet ellarda ham (ingliz olimi Dj.Xarper) shunga oʻxshash il­miy ishlar paydo boʻla boshladi. 50-yillarga kelib umumiy ekologiya fani shakllandi. Uning shakllanishi va rivojlanishiga gidrobiologiya soha­sida erishilgan yutuqlar, quruqlikda yashaydigan hayvonlar va oʻsimlik­lar ekologiyasiga oid toʻplangan maʼlumotlar, ekosistema yoki biogenose­noz tushunchalarining ifodalanishi, ekolo­giyani oʻrganishda matematik usullarning keng joriy etilishi va shu kabilar muhim ahamiyat kasb etdi.
Hozirgi zamon ekologiyasining xarakterli xususiyati butun bio­sfe­rani qamrab oluvchi jarayonlarni tadqiq etishdir. Olimlar tomo­nidan odam va biosfera oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar (taʼsirlar) sinchiklab oʻrganilmoqda.
Bu sohadagi xalqaro biologik dastur doirasida olib boriladigan ishlar 1964 yilda boshlandi. Uning asosiy maqsadi — Yer sharining turli xil joylardagi ekosistemalarning mahsuldorligini oʻrganish. Ekolo­giyaning asosiy vazifalaridan biri, bu odam yaratgan tabiiy va sunʼiy sistemalarning tuzilishini ham funksional asoslarini miqdoriy usullar yordamida batafsil oʻrganishdan iborat. Individ­larning joy­lashishini populyatsiyaning yoshi, jinsiy va ekologik tizi­mini oʻrganish ham ekologiyaning vazifasidir. Bunda qishloq va oʻrmon xoʻjaligi zarar­kunandalari, kasallik qoʻzgʻatuvchi va tarqatuvchilar populyatsiyalari soni­ning oʻzgarishiga alohida eʼtibor berilishi lozim.
Markaziy Osiyo va Oʻzbekistonda ekologiya fanini rivojlantirish sohasida bir qancha olimlar oʻz hissasini qoʻshganlar va oʻz maktablarini shakllantirganlar.
1930 yillarda ekologiya yoʻnalishlariga asoslangan Markaziy Osiyo maktabi hozirgi M.Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Davlat Universiteti qoshida shakllandi. Maktab oʻlkaning biologik jamoalarini, ularning tarkibiy qismlarini oʻrganish bilan birga ekolog mutaxassislar tayyorlashda, ekologiyani rivojlantirishda ham ahamiyatga ega boʻldi.
1930 yillarga kelib ekologik ilmiy izlanishlarning natijalari ilmiy asarlarda oʻz aksini topa boshladi. Bularda faqat maʼlum joyning ekologik holati haqida gap bormay, balki ekologiya fanining asoslari biosenologiya va fitosenologiya kabi sohalari ham rivojlantirildi.
Markaziy Osiyo ekologlarining, ayniqsa, oʻlkaning ayrim landshaftlarining ekologiyasini oʻrganish, tizim faolligi, dinamikasi va evolyusiyasi, shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning muammolari ishlab chiqildi. D.N.Kashkarov ishlarida landshaftning ayrim elementlari va ularning oʻzaro bogʻliqligi, birligi hamda modda va energiya almashinuvi, namlik, tuproq va biotik omillarning roli, antropogen omilining landshaftlarga taʼsiri va boshqalarni ochib bergan.

Yüklə 29,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin