P.A.Baranov va I.A.Raykovalar Pomir togʻlarida choʻl biotsenozlarining kelib chiqishi, dinamikasi va evolyusiyasida organizmlarning hayotida noqulay haroratning ahamiyati, madaniy biotsenozlarni yuqori togʻ sharoitida yaratish masalalari ishlab chiqildi. R.I.Abalin, Ye.P.Korovin, M.V.Kultiasov va I.I.Granitovlarning ekolog – fitosenologik qarashlari ularning chop etgan bir qator ishlarida oʻz aksini topgan. Markaziy Osiyodagi hayvonlar ekologiyasi yoʻnalishlari boʻyicha kompleks ilmiy ishlar T.Z.Zohidov nomi bilan chambarchas bogʻliq.
T.Zohidov Qizilqum choʻllarining oʻziga xos hayot makoni ekanini, qumli, shoʻrxok loyli va toshloq choʻllarini mustaqil biotoplar sifatida tavsiflab, ularni oʻz navbatida mayda hududiy birliklar, yaʼni fasiyalarga ajratib berdi.
D.N.Kashkarov va T.Z.Zohidov va boshqalarning asarlarida har bir tashqi muhit omili (geologik, tarixiy, orografik, iqlim, substrat, oʻsimliklar va hokazolar) taʼsirida maʼlum hududlar boʻyicha hayvonlar guruhi hamda biotsenozlarning taqsimlanganligi ochib berilgan.
Oʻzbekistonda oʻsimliklar ayrim turlarining ekologiyasini (autekologiya) oʻrganish ishlari Ye.P.Korovin, M.V.Kultiasov va M.S.Popovlarning ishlari bilan bogʻlangan. Oʻzbekistonda ekologik yoʻnalishdagi ishlarning asoschilari D.N.Kashkarov va Ye.P.Korovin hisoblanadi. 1930 yillarda bu olimlar tomonidan «Muhit va jamoa», «Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston choʻllarining turlari va ulardan xoʻjalikda foydalanish istiqbollari», «Choʻllardagi hayot» kabi ilmiy asarlar chop etilib, bu asarlarda ekologiya fani va uning vazifalari, uslublari oʻz aksini topgan. Ekologik kuzatishlarni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi Botanika institutida V.A.Burigin rahbarligida oʻsimliklar ekologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi. Ushbu laboratoriya xodimlari choʻl va chala choʻl sharoitida oʻsimliklarning moslashish xususiyatlarini oʻrgandilar. Natijada togʻ oldi mintaqalarida fitomeliorativ ishlarning rivojlanishiga asos solindi. Keyinchalik bu ishlar O.X.Hasanov, R.S.Vernik, T.Rahimova va boshqalar tomonidan davom ettirildi. Choʻl mintaqasi oʻsimliklarining biologik va fiziologik xususiyatlari Z.Sh.Shamsiddinov, I.Hamdamov, N.Salmanov, L.S.Tayevskaya va shu kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan boʻlib, ularning asarlarida shuvoq, izen, komforosma, saksovul, tereskin va shu kabi choʻl oʻsimliklarining xususiyatlari turli xil tuproq sharoiti bilan chambarchas bogʻliqligi ochib berilgan.
Oʻzbekistonda hayvonlar ekologiyasini rivojlantirishda xissa qoʻshgan olimlarga T.Z.Zohidov, A.M.Muhammadiyev, V.V.Yaxontov, M.A.Sultanov, R.O.Olimjonovlarni kiritish mumkin. Ular oʻzlari va shogirdlari bilan birgalikda bu sohaga bagʻishlangan yirik monografiyalar yaratganlar. Jumladan, bu sohada maʼlum boʻlgan V.V.Yaxontovning «Hasharotlar ekologiyasi» (1963), T.Z.Zohidovning «Qizilqum choʻlining biotsenozlari» (1971) kabi asarlarini keltirish mumkin. D.Kashkarov, A.Zokirov, A.Petrovlar Qarshi choʻlini chuqur oʻrganish natijasida «Qarshi choʻlining umurtqali hayvonlari ekologiyasi» degan asarni chop ettirdilar. Bu asarda sut emizuvchi hayvonlarning tarkibi, tarqalishi, ekologiyasi va ulardan foydalanish yoʻllari asoslab berildi.
Bir guruh zoolog olimlar: X.S.Solixboyev, O.P.Bogdanov, T.N.Palenko, S.T.Gubaydulina, G.I.Ishunin, D.Yu.Kashkarov, N.Zokirovlarning ilmiy kuzatishlari asosida «Nurota togʻi umurtqali hayvonlari ekologiyasi» (1970) nomli asar yaratildi.
1979 yillarda ixtiologiya va gidrobiologiya laboratoriyasi xodimlari A.M.Muhammadiyev rahbarligida (A.Omonov, F.Zohidova, S.Hamroyeva, D.Mansurova va boshqalar) Oʻzbekiston suv omborlari, koʻllarining biologik rejimi, ixtiofaunasining shakllanishi, suvning ifloslanishi, suv hayvonlari ekologiyasi va suv resurslaridan foydalanish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib bordilar.
Biz jumhuriyatimizdagi iqtisodiy ahvolni yaxshilash, ekologik krizis (tanqislik)ning oldini olish, xalqimizning qadimdan maʼlum boʻlgan ekologik madaniyatini tiklashimiz lozim.
Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha muhim huquqiy-tashkiliy va ijtimoiyiqtisodiy chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ulami qayta tiklash, chiqindilar bilan bog‘liq ishlami amalga oshirish sohasidagi davlat siyosatining samarali ainalga oshirilishini ta’minlash, bu yo‘nalishdagi davlat boshqaruvi va nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida, shuningdek, “2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturlarida ko'zda tutilgan boshqa vazifalami hal etish uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda 0 ‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasini 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunuvchi va hisobot beruvchi 0 ‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga aylantirish nazarda tutildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ustuvor vazifalardan kelib chiqib ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida muhim vazifalar o‘z ifodasini topgan. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, sud-huquq, ijtimoiy sohalami rivojlantirish, iqtisodiyotni yanada isloh etish, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash bilan bog‘liq chora-tadbirlar qamrab olingan. Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, kelgusi besh yilda yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. Owzbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi “Ajdodlarimizning donishmandlik an analariga з т а ! qilib, qa'tiy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz” nomli nutqlarida, “Mintaqaning nmumiy suv zaxiralaridan oqilona foydalanish” borasida, “Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni з ta’niinlash bilan bogiiq muammolar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan oqilona foydalanish kabi muhim masalani chetlab o‘ta olmaymiz. BMT Bosh kotibining “suv, tinchlik va xavfsizlik muaminolari o‘zaro chambarchas bog iiq”, degan pozitsiyasini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz. Ishonchim koinil, suv muranmosini hal qilishning mintaqa mainlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo'li yo‘q. O'zbekiston BMTning preventiv diplomatiya bo‘yicha inintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiya loyihalarini qo‘llab-quwatlaydi. Bugungi kunning eng o‘tkir ekologik rnuiunmolaridan biri - Orol halokatiga yana bir bor e’tiboringizni qaratmoqchiman. Mana, mening qoMimda - Orol fojiasi aks ettirilgan xarita. 0 ‘ylaymanki, bunga ortiqcha izohga hojat yo'q. Dengizning qurishi bilan bogiiq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa'y-harakatlami faol birlashtirishni taqozo etmoqda. Biz BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga arnaliy yordam ko‘rsatish bo'yicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi tarafdorimiz” deb Orol muammosiga alohida to‘xtaldi!ar. Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha muhim huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni bevosita tartibga soluvchi 30dan ziyod qonun, tabiiy resurslaming ayrim turlaridan foydalanish mexanizmlari va shaitlari, shuningdek, davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish, turli toifadagi qo‘riqlanadigan hududlami tashkil qilish va ularda alohida foydalanish rejimini o‘rnatish tartib-taomillari va boshqa masalalarni belgilab bergan normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi va amal qilmoqda. Ekologik holatni sog‘lomlashtirish, atrof - muhitni muhofaza qilish iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa omillarga bog‘liq. Ular orasida ekologik ta’lim va tarbiyaning aliamiyati kattadir. Kasbi qanday bollishidan qat’iy nazar Inson atrofmi o‘rab turgan tabiiy muhitning har bir bo‘lagida kechayotgan o‘zgarishlar, bunda insonning qanchalik ishtiroki, tabiiy muvozanatni qayta tiklash, uning sifatini saqlab qolish uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqish kabi masalalarni yechish uchun ekologiya fanini chuqur o‘rganishi zaiur.