bu yerda: R' – foyda normasi; R – foyda massasi; K
avans – korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati.
Bizning misolimizdagi korxonaning «A» mahsulot ishlab chiqarishdan olgan foyda massasi 40 mln. so‘mni, foyda normasi esa 66,7 % ((40 mln. so‘m / 60 mln. so‘m) × 100%) ni tashkil etadi.
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda ishlab chiqarish xarajatlari yoki avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligining integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Foydaning o‘sishiga chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: 1) ishlab chiqarish xarajatlarini
kamaytirish hisobiga; 2) narxning oshishi hisobiga erishish mumkin.
Yuqorida aytganimizdek, yalpi foyda korxonada yaratilgan tovar va xizmatlarni sotishdan kelgan umumiy pul daromadlaridan bevosita ushbu tovarni ishlab chiqarish xarajatlarini chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Buni hozirgi davrda korxonaning umumiy foydasi deb yuritiladi. Foydadan davlat soliq sifatida, ssuda kapital
egalari esa foiz sifatida, yer egalari renta sifatida o‘z ulushlarini oladilar. Foydaning turli to‘lovlardan qolgan qismi esa tadbirkorlarning sof foydasi bo‘lib, uning hisobidan o‘zlarining iste’molini qondiradi, investitsiyani, turli sotsial yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshiradilar. Ko‘rinib
turibdiki, qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirish hech kimga zarar bermaydi, aksincha jamiyat a’zolarining hammasi uchun manfaatlidir. Bu daromad turlari qo‘shimcha mahsulotning sotilib, dastlabki taqsimlangandan keyingi o‘zgargan shakllaridir.
Bundan ko‘rinib turibdiki, olingan yalpi foydaning haqiqiy manbai korxonada yaratilgan qo‘shimcha mahsulotdir. Mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalaridagi olingan yalpi foyda miqdori darajasi qo‘shimcha mahsulot massasiga teng bo‘ladi.