O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə201/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

11.8-rasm. Yalpi foydaning taqsimlanishi



    1. Foyda normasi va massasi, ularning oshishiga ta’sir etuvchi omillar Korxona foydasining mutlaq miqdori uning massasini tashkil qiladi.

Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga – korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.
Bular quyidagicha aniqlanadi:

  1. R'

 (R
W ) 100%,

bu yerda: R' – foyda normasi; R – foyda massasi; W – ishlab chiqarish xarajatlari;

  1. R'

 (R
Kavavns ) 100% ,



bu yerda: R' – foyda normasi; R – foyda massasi; Kavans – korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati.
Bizning misolimizdagi korxonaning «A» mahsulot ishlab chiqarishdan olgan foyda massasi 40 mln. so‘mni, foyda normasi esa 66,7 % ((40 mln. so‘m / 60 mln. so‘m) × 100%) ni tashkil etadi.
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda ishlab chiqarish xarajatlari yoki avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligining integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Foydaning o‘sishiga chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: 1) ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga; 2) narxning oshishi hisobiga erishish mumkin.
Yuqorida aytganimizdek, yalpi foyda korxonada yaratilgan tovar va xizmatlarni sotishdan kelgan umumiy pul daromadlaridan bevosita ushbu tovarni ishlab chiqarish xarajatlarini chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Buni hozirgi davrda korxonaning umumiy foydasi deb yuritiladi. Foydadan davlat soliq sifatida, ssuda kapital egalari esa foiz sifatida, yer egalari renta sifatida o‘z ulushlarini oladilar. Foydaning turli to‘lovlardan qolgan qismi esa tadbirkorlarning sof foydasi bo‘lib, uning hisobidan o‘zlarining iste’molini qondiradi, investitsiyani, turli sotsial yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshiradilar. Ko‘rinib turibdiki, qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirish hech kimga zarar bermaydi, aksincha jamiyat a’zolarining hammasi uchun manfaatlidir. Bu daromad turlari qo‘shimcha mahsulotning sotilib, dastlabki taqsimlangandan keyingi o‘zgargan shakllaridir.
Bundan ko‘rinib turibdiki, olingan yalpi foydaning haqiqiy manbai korxonada yaratilgan qo‘shimcha mahsulotdir. Mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalaridagi olingan yalpi foyda miqdori darajasi qo‘shimcha mahsulot massasiga teng bo‘ladi.

Lekin tarmoqlar, hududlar va korxonalarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulot miqdori bilan yalpi foyda hajmi bir-biriga teng kelmaydi, chunki, raqobat kurashlari, narxlar va boshqa taqsimlash mexanizmlari orqali bir muayyan korxona, tarmoq yoki hududda yaratilgan qo‘shimcha mahsulot boshqalariga o‘tib ketish holatlari yuz berib turadi.
Shu o‘rinda, ta’kidlash joizki, respublikamizda tahlil qilinayotgan davrda qo‘shimcha mahsulot modifikatsiyalashgan shakllaridan biri bo‘lgan foyda hajmi iqtisodiyotning turli xil tarmoq va sohalarida turlicha darajada o‘sish tendensiyasi kuzatildi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyot tarmoqlarida foyda miqdorining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. (11.3-jadval).

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin