O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə257/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Tik kesma. U ba’zida «klassik» kesma deb ham atalib, iqtisodiyot o‘zining to‘liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko‘rsatadi. Bunda iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida (rasmdagi Yt nuqta) joylashadiki, bunda qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirishga erishish mumkin emas. Iqtisodiyot to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaganligi sababli narxning to‘xtovsiz oshib borishi ham ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga olib kelmaydi. Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab chiqarish hajmi doimiy bo‘lib qolishi, narx darajasi esa o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. Yalpi taklifga narxdan tashqari bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi yalpi taklifning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Yalpi taklifning narxdan tashqari bu omillari bitta umumiy xususiyatga ega: agar ular o‘zgarsa, mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarish xarajatlari ham o‘zgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizig‘i joyini o‘zgartiradi.
Masalan, resurslar narxining o‘zgarishi. Resurslar narxi tayyor mahsulot narxidan farq qilib, yalpi taklifning muhim omili hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda resurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlarning ko‘payishiga, binobarin mahsulot taklifining kamayishiga, resurs narxlarining pasayishi esa xarajatlarning kamayishiga, yalpi taklifning oshishiga olib keladi. Resurslar taklifining miqdor jihatdan ko‘payishi ular narxini pasaytiradi va natijada mahsulot birligiga xarajatlar kamayadi. Mahsulot ishlab chiqarish esa ko‘payadi. Resurslar taklifining kamayishi esa qarama-qarshi natijaga olib keladi.
Yer, ishchi kuchi va kapital resurslari taklifining ko‘payishi ham mahsulot taklifini oshiradi. Undan tashqari sarflanayotgan kapitalning sifat jihatdan takomillashuvi tufayli mehnat unumdorligi oshib sarflarning kamayishiga olib keladi va shu orqali mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarni pasaytiradi va yalpi taklifning oshishiga olib keladi.


    1. Yüklə 11,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin