15.7-rasm.Yotiqkesmadayalpitalabvayalpitaklifmuvozanatining o‘zgarishi1 Rasmdan ko‘rinadiki, yotiq kesmada yalpi talabning o‘sishiga taklif egri chizig‘i bo‘yicha muvozanat nuqtasining o‘ng tomonga silijishi orqali javob beriladi. Ya’ni, AD1dan AD2ga qadar o‘sgan talab miqdori iqtisodiyotda to‘liq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi orqali milliy ishlab chiqarish hajmini Q1dan Q2ga qadar o‘stirish orqali qondiriladi.
Tik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalaniladi, shu sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni uni oshiradi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi esa o‘zgarishsiz qoladi (15.8-rasm).
1 Manba: Muallif tomonidan tuzilgan.
2 Manba: Muallif tomonidan tuzilgan.
milliy ishlab chiqarish hajmi esa potensial daraja – Qs hajmida qolmoqda. Chunki bu chegarada iqtisodiyot o‘zining barcha ishlab chiqarish imkoniyatlarini ishga solib bo‘lgan hisoblanadi.
Oraliq kesmada yalpi talabning kengayishi bir vaqtning o‘zida milliy ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi (15.9-rasm).
P