O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə297/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham asta ko‘tarilib, ssuda foizi o‘sa boshlaydi.
Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foydahajmining tezlik bilan o‘sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sibo‘tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o‘z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi.



    1. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari

Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko‘rinishdagi iqtisodiy sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi.
Ko‘pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning obyektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o‘rganishni tavsiya qiladi. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb ataladi.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;

  • oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;

  • yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, yer shari aholisi sonining o‘zgarib turishi;

  • ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar.


Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin