O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə301/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Kitchin sikli zaxiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Jozef Kitchin (1926 y.) o‘zining e’tiborini tovar zaxiralarining harakat chog‘idagi moliyaviy hisoblar va


1Qarang: Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 469-б.
sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to‘lqinlarni tadqiqqilishga qaratadi. Ayniqsa, u siklning davomiyligini jahondagi oltin zaxiralarining tebranishlari bilan bog‘lab, uni 3 yilu 4 oyga teng, deb hisoblaydi. Biroq qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda ko‘pchilik iqtisodchilarni qoniqtirmaydi.
Juglar sikli «biznes-sikl», «sanoat sikli», «o‘rtacha sikl» va «katta sikl» kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib ko‘rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Fransiya, Angliya va AQShda foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan Klement Juglar (1819-1905 yy.) nomi bilan ataladi.
Birinchi sanoat sikli 1825 yili Angliyada metallurgiya va boshqa yetakchi tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron mavqeni egallagan davrda kuzatiladi. 1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib, keyin AQShga ham tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSh va qator Yevropa davlatlarida boshlangan inqiroz tub mohiyatiga ko‘ra birinchi jahon sanoat inqirozi bo‘lgan.
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, XX asrda uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan.
AQSh va Yevropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat siklini boshdan kechirgan bo‘lib, ulardan ettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro‘y bergan.
Kuznets sikli ko‘p hollarda «qurilish sikli» deb ham nomlanib, 20 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets o‘zining «Milliy daromad» (1946 y.) nomli kitobida milliy daromad, iste’mol sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar ko‘rsatkichlarida 20yillik o‘zarobog‘liq tebranishlar mavjud bo‘lishini ko‘rsatib bergan. 1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin