2.4-rasm.Ishlabchiqarishjarayoniningikkitomonlamatabiati Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o‘rganish uning mazmunini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali tortishuvlarga chek qo‘yadi. Jumladan, shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan holda, qancha qiymatga ega bo‘lsa shuncha qiymat aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi. Lekin ishlab chiqarishning oxirida qiymat oshiqcha bo‘lib chiqadi. Bu ishchi kuchi tomonidan yaratilgan yangi qiymat evaziga sodir bo‘ladi. Yangi qiymat faqat ishchi kuchi tomonidan jonli abstrakt mehnat bilan yaratiladi.
Ishlab chiqarish vositalari naflilikni yaratishda to‘liq qatnashadi, qiymatning tashkil topishida esa qisman, ya’ni uning eyilgan (iste’mol qilingan) qismi qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar (masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda tuproq unumdorligi, quyosh va shamol energiyasi) qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovarning nafliligini hosil qilishda omil sifatida to‘liq qatnashsada, lekin qiymatning tashkil topishida, uning ko‘payishida umuman qatnashmaydi (2.5-rasm).
2.5-rasm.Tovarvaxizmatlarnafliligivaqiymatiningyaratilishidaishlabchiqarishomillariningroli Demak, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil: tabiat, kapital, ishchi kuchi to‘liq qatnashadi, qiymatning tashkil topishida esa mehnat to‘liq , kapital qisman qatnashadi, tabiat esa umuman qatnashmaydi. Bu
narsani bilish, muhim nazariy va uslubiy ahamiyatga ega bo‘lib, qiymat yoki naflilikning o‘sishida qaysi omil muhim rol o‘ynashini bilish imkonini beradi va shu bilan birga turli xil bexuda munozaralarga chek qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham ikki tomonlama tavsifi borligini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish jarayonining darajasi bir joyda to‘htab turmaydi., doimo o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi va uning natijasi ham ko‘payib boradi.