O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə32/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarishning tarkibiy qismi sifatida

Xizmat ko‘rsatish jarayoni ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi va muhim yo‘nalishidir.


Shuning uchun ham dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirish evaziga yalpi ichki mahsulot hajmini ko‘paytirish aholining turmush darajasini oshirishga erishilmoqda. Hozirgi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ishchi kuchining 70 foizdan ortig‘i ushbu sohada faoliyat yuritishmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh yalpi ichki mahsulotida xizmatlar sohasining ulushi 78 foiz, Yaponiyada 72 foiz, Germaniyada 69 foiz va Rossiyada 60 foizni tashkil qilmoqda.1
Shu sababli xizmat ko‘rsatish sohalarining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sirini har tomonlama chuqur o‘rganish va uni intensiv rivojlantirishning aniq yo‘llarini izlab topish muhim ahamiyatga egadir.
Bu borada mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan – “Sanoat, qishloq xo‘jaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, servis va xizmat ko‘rsatish sohalarida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi”2 – deya ta’kidlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
1 Ю.Иванов Доля сферы услуг в ВВП России. –М.: Вопросы статистики. 2017. №3
2 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy majlisga murojaatnomasi // Xalq so‘zi, 2018 yil 29 dеkabr.
strategiyasi”da - “Xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy, texnologik turlarini tubdan o‘zgartirish”1 lozimligi belgilab qo‘yilishi ushbu sohaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Hammamizga ma’lumki, sobiq ittifoq davrida uning tarkibiga kiruvchi barcha respublikalar, jumladan, O‘zbekistonda ham nashr qilingan iqtisodiy adabiyotlarda xizmat ko‘rsatish sohalarida hech qanday qiymat, mahsulot va daromad yaratilmasligi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri nazariyalar mavjud edi. O‘sha davrda ularning fikricha, faqatgina moddiy ishlab chiqarish sohalarida mahsulot yaratiladi va u barcha daromadlar, shu jumladan, jamiyat milliy daromadining asosiy manbai, deb hisoblangan. Xizmat ko‘rsatish sohasida esa hech qanday mahsulot yaratilmaydi va u jamiyatning moddiy boyligini ko‘paytirmaydi, deb o‘ylashgan.
Bunday noto‘g‘ri g‘oyaning asoschisi ingliz iqtisodchisi A.Smit bo‘lib, uning “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari” nomli asarida bu g‘oya ilgari surilgan. Ushbu noto‘g‘ri konsepsiya faqatgina ilmiy g‘oya sifatida emas, balki ko‘pgina mamlakatlarning, jumladan, sobiq SSSRning ham iqtisodiy va statistik amaliyotining asosini tashkil qildi. Ushbu g‘oyaga asosan xizmat ko‘rsatish sohalarining mahsuloti milliy mahsulot hajmi va tarkibida hisobga olinmas edi.
Rivojlangan mamlakatlarning aksariyati ushbu konsepsiyaning noto‘g‘ri ekanligini bizdan ko‘ra ancha ilgari tushunishdi va o‘z iqtisodiy amaliyotida milliy mahsulot hajmi va tarkibini hisoblash jarayonida xizmatlar sohasining mahsulotlarini hisobga oladigan bo‘lishdi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin (1993 yildan boshlab) bosqichma-bosqich milliy hisoblar tizimiga o‘tishni boshladi va shundan keyingina YaIM tarkibida xizmatlar sohasining mahsuli hisobga olinadigan bo‘ldi.




1 “2017-2021 yillarda O‘zbеkiston Rеspublikasini rivojlantirishning bеshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar stratеgiyasi”. http://strategy.gov.uz/uz/pages/action_strategy
YaIM tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasining mahsulini hisobga olishning to‘g‘ri va zarurligini tushunishda uning nazariy jihatlariga e’tibor berish muhim hisoblanadi. Ayniqsa, ko‘rsatilgan xizmatlar mahsulining ikki tomonlama tabiatini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Xizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan mahsulot boshqa buyumlashgan tovarlarga o‘xshab moddiy shaklda namoyon bo‘lmaydi. Lekin, ko‘rsatilgan xizmatlar ham huddi boshqa buyumlashgan tovarlar singari ikki tomonlama xususiyatga ega: naflilik va qiymat (almashinuv qiymati). Xizmat ko‘rsatish sohasi mahsulotining bunday ikkita hususiyatga ega bo‘lishi xizmat ko‘rsatish jarayonida unga sarflangan mehnatning ikki yoqlama xarakteridan ya’ni, mehnatning aniq va abstrakt tavsifga egaligidan kelib chiqadi.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin