O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq bo‘lib, u



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə330/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq bo‘lib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi. Bunda o‘z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga duch kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida ishchilarni ishdan bo‘shata boshlaydilar. Siklik ishsizlik haqiqiy darajadagi ishsizlikning tabiiy darajadan farqlanishini ko‘rsatadi. Ishsizlikning bu turi majburiy ishsizlik hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida mavjud bo‘lmaydi.
Institutsional ishsizlik ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko‘rsatmasligi natijasida paydo bo‘ladi. Uni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kiritish mumkin.
Texnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani qo‘llash hisoblanadi.
Hududiy ishsizlik muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator omillar ta’siri ostida ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to‘liq band bo‘lmaslik xos. Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining pasayishi korxonalardagi ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxona egalari o‘z ishchilarini birdaniga ishdan bo‘shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning ma’lum qismi rasman ish bilan band bo‘lsalarda, amalda to‘liq holda ishlamaydilar. Buning natijasida mehnat unumdorligi pasayib, korxona moliyaviy natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. Yashirin ishsizlik mamlakatda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy keskinlikka yo‘l qo‘ymaslikka intilish natijasida ham paydo bo‘ladi.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin