O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə333/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari ham mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir o‘tkazishi mumkin. Jumladan, ishsizlikning ba’zi turlarining uzoq muddatli tavsifi ishchilarning o‘z malakalarini yo‘qotishlari hamda daromad va ijtimoiy mavqei jihatidan aholining nisbatan past toifasiga o‘tib qolishiga olib keladi. Bu esa ularda o‘z turmush tarzidan qoniqmaslik, ijtimoiy faollikning yo‘qolishi, atrofdagilarga nisbatan loqaydlikning paydo bo‘lishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Natijada uzoq davom etgan surunkali ishsizlik millatning ruhiy sog‘lomligiga putur yetkazadi. Ishsizlik o‘sishining muqarrar oqibati bo‘lib mamlakatdagi jinoyatchilikning o‘sishi va ijtimoiy keskinlik darajasining kuchayishi hisoblanadi.



    1. O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat jamiyat a’zolarining manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat


bo‘lmasdan, balki mavjud ishchi kuchlarining ish bilan bandligini ta’minlashni ham o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o‘sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o‘ziga xos aholi tarkibiga ega bo‘lgan respublikamizda ishchi kuchining ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlar jarayonida ushbu masalani hal etish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlash, xalq iste’mol mollarini, mahalliy xom ashyodan qurilish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag‘batlantirish. Ikkinchidan, xizmat sohasini rivojlantirish, aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat va qurilish bo‘yicha xizmat turlarini yanada kengaytirish. Bunda ham qishloq joylarda xizmat sohasini rivojlantirishga ustunlik beriladi. Uchinchidan, qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun respublikamizda qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda. To‘rtinchidan, ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish. Bunda ishdan bo‘shayotgan va ixtisosi bo‘lmagan shaxslarga qisqa davrda, bozor iqtisodiyotiga hamda iqtisodiyotning o‘zgarib borayotgan tuzilishiga muvofiq keluvchi kasbkorni o‘rgatishga e’tibor qaratish. Shu maqsadda maxsus maslahat va o‘quv markazlari, biznes maktablarning keng tarmog‘ini yanada rivojlantirish ko‘zda tutiladi. Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan ishchi kuchlarini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o‘ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo‘lishga qaratiladi.
Ishchi kuchining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u barcha odamlarga o‘z qobiliyatlarini ishga solish, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga
keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o‘rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi.
2020 yilda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholini bandligini ta’minlash parametrlari to‘g‘risida qabul qilingan bo‘lib, Dastur parametrlari keyingi yilga belgilangan makroiqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlari, budjet, soliq va investitsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlari, mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilishi, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish dasturlari bilan o‘zaro uzviy bog‘langan.
Bugungi kunda ishchi kuchi bozoriga mehnatga layoqatli shaxslarning ishchi kuchiga kirib kelishi natitjasida ularni ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda ham jiddiy sifat o‘zgarishlari ko‘zga tashlanmoqda. O‘ta dolzarb bo‘lgan ushbu masalani echishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasi va qishloq xo‘jaligining turli shakllarini keng joriy etishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Mamlakatimizda ishchi kuchi bandligi samaradorligini ta’minlash uchun davlatning bandlik siyosatining quyidagi yo‘nalishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir:

  • oilaviy biznes va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni jadallashtirishni ta’minlash;

  • mazkur maqsadlarda mikrokreditlash tizimini rag‘batlantirish;

  • yirik sanoat korxonalari va nisbatan kichikroq bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari bilan kasanachilikni kengaytirish asosidagi kooperatsiyani rivojlantirish imkoniyatlaridan keng qamrovli foydalanish;

  • mahalliy xomashyoni puxta qayta ishlashga va tayyor, raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan engil va oziq-ovqat qayta ishlash sanoatining ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish;

  • xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, qishloq joylarida qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan bandlik sohalarini kengaytirish masalalarini hal etishga e’tiborni kuchaytirish;

  • iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarini maqsadga muvofiq yo‘naltirish orqali zamonaviy bilimga ega bo‘lgan va malakali ishchi kuchiga talabni oshirish;

  • ishsizlarni kasbiy o‘qitish va jamoat ishlari tizimlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish.

Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xalqimizning farovon turmushini ta’minlash manbai bo‘lgan ish bilan bandlik darajasining yanada oshishiga, aholining ijtimoiy muhofazasining kuchayishiga yanada keng yo‘l ochib beradi.
2017 yil 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilingan farmoni bilan tasdiqlangan “2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi”ning to‘rtinchi “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”da (4.1- bandi) ko‘ra:

  • yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ishchi kuchining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;

  • mehnatga layoqatli ishchilarning mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yuksaltirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish hal qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor masalalar sifatida qaralgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan respublikaning ish beruvchi tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2020 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash davlat dasturiga quyidagilar kiritilgan:

  1. 2020 yilda 382 ming doimiy yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari;

  2. 2020 yilda mehnat organlari tomonidan 461 ming aholi bandligini ta’minlash va ish beruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning prognoz ko‘rsatkichlari;

  3. 605 ming o‘zini o‘zi mehnat daromadi olishga yo‘naltirgan va yashirin ish o‘rinlarida ishlayotgan shaxslarni rasmiylashtirish parametrlari tasdiqlanadi.

Shuningdek, Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida, “Biz yangi ish o‘rinlarini yaratadigan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularni elkamizda ko‘tarishimiz kerak”1, deb takidlagan.
Belgilab qo‘yilishicha, qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlari Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimi va Yagona milliy mehnat tizimida aks etgan, hisobot davrida tashkil etilgan ish o‘rniga ishchi yollangan va o‘rnatilgan tartibda ish haqi hisoblangan va sug‘urta badali to‘langan taqdirda bajarilgan deb hisoblanadi.



Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin