Asosiytayanchtushunchalar Ishchikuchi – insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish – insonning mehnatga bo‘lgan jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklash va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishini ta’minlash, katta yoshli ishchilar o‘rnini bosadigan yosh ishchilar avlodini etishtirish jarayoni.
Yalpiishchikuchi – jamiyat yoki alohida olingan mamlakat miqyosida qiymat va iste’mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda faoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan majmui.
Ishchi kuchi talabi – muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish beruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab.
Ishchi kuchi taklifi – muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida ishga yollanishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli ishchi kuchi miqdori.
Aholiningtabiiyo‘sishi – bu aholining emigratsiya va immigratsiyadan tashqari harakati.
Emigratsiya – fuqarolarning o‘z mamlakatlaridan boshqa mamlakatlarga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishi.
Immigratsiya – xorijiy fuqarolarning doimiy yashash uchun mamlakatga ko‘chib kelishi.
Ishsizlik – mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmagan ishchi kuchi.
Friksionishsizlik – malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o‘rinlar bo‘shashini kutayotganlarni namoyon etuvchi ishsizlik.
Tarkibiy ishsizlik – ishlab chiqarish va yalpi talab tarkibidagi o‘zgarishlar natijasida vujudga keladigan ishsizlik.
Siklikishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan ishsizlik.
Ishsizlikdarajasi – ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizli nisbati.