Har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi eng avvalo davlat, uning turli mintaqa va hududlari, iqtisodiyotning tarmoq va sohalari, ishlab chiqarish birliklari, aholi turli qatlamlari o‘rtasidagi pul mablag‘lari oqimining samarali tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday pul oqimlari jamiyat real hayoti jarayonlarini aks ettirib, mamlakatdagi fuqarolar va yuridik shaxslar o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy munosabat va aloqalarni o‘rnatadi. Davlat korxona va tashkilotlar, turli moliyaviy muassasalar, aholi bilan olib boriladigan o‘zining barcha vazifalarini aynan moliya mexanizmi orqali amalga oshiradi. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi farovonligining o‘sishini aks ettirib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligining oshishini rag‘batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini, tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi.
Moliya – iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan foydalanish vauning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimidir.Uningvositasidaturlidarajadapulmablag‘larifondlarivujudgakeltiriladiva ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarniqondirishmaqsadidataqsimlanadi. Moliya pul bilan bog‘liq munosabatlar bo‘lib, uning moddiy asosini pul tashkil qiladi, lekin u pul emas yoki pul bilan bir xil narsa – tushuncha emas. Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiyotning samarali va barqaror ravishda amal qilishi, yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash maqsadida davlat ko‘plab boshqa iqtisodiy subyektlar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Moliyaviy munosabatlar – davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o‘rtasida pul mablag‘lari fondlarining harakati bilan bog‘liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui.
Moliyaviy munosabatlarning obyektlari va subyektlari farqlanadi. Moliyaviymunosabatlarningobyektlari bo‘lib iqtisodiyotning turli darajalarida tarkib topuvchi va harakat qiluvchi pul mablag‘lari fondlari hisoblanadi. Moliyaviymunosabatlar subyektlari tarkiban murakkab bo‘lib, ularga barcha tashkilotlar, korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar, fuqarolar kiradi. Ular orasida doimo moliyaviy munosabatlar bo‘lib turadi. Bu munosabatlarning asosiylari sifatida quyidagi munosabatlarni ko‘rsatish mumkin:
davlatlararo moliyaviy munosabatlar;
davlat va turli xalqaro tashkilotlar, xorijiy firma va korxonalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
boshqaruvning turli darajalaridagi davlat organlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
davlat va korxonalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
davlat va aholi o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
korxonalararo moliyaviy munosabatlar;
korxonalar va banklar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
korxona ichidagi xo‘jalik aloqalariga xizmat qiluvchi moliyaviy munosabatlar va boshqalar.
Moliya iqtisodiyot doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi vazifalarni bajaradi:
iqtisodiy jarayonlarni, loyihalar va tadbirlarni pul resurslari bilan ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatish vazifasi;
taqsimlash vazifasi;
rag‘batlantirish vazifasi;
nazorat qilish vazifasi.
Jamiyat miqyosidagi iqtisodiy faoliyat turli jarayon va tadbirlarning, jumladan, mamlakatni boshqarish, mudofaa qobiliyatini ta’minlash, huquq-tartibot ishlarini yo‘lga qo‘yish, sog‘liqni saqlash, madaniy-ma’rifiy ishlar va boshqalarning amalga oshirilishini taqozo etadi. Buning uchun eng avvalo ularni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra, moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko‘rsatish vazifasini bajaradi.
Moliyaning taqsimlovchivazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi.
Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilishvositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag‘ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.