O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə339/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

21.1-jadval Davlat budjeti daromadlari to‘g‘risida ma’lumot (mlrd.so‘m)1

Asosiy budjet
ko‘rsatkichlari

2012

2014

2016

2017

2018

2019

Davlat budjeti
daromadlari

20614,1

31730,5

41030,7

49684,8

79099,1

112160,4

Shu jumladan: Bevosita soliqlar

5196,4

7433,0

9853,6

11538,9

15436,6

31671,7

Bilvosita soliqlar

11187,8

16852,3

21131,0

26133,6

40949,0

46427,2

Resurs soliqlari

2746,4

4311,5

5306,2

6867,4

12663,4

19680,8

Boshqa daromadlar

1483,5

3133,7

4739,9

5144,7

10050

14380,7



21.2-jadval Davlat budjeti xarajatlari to‘g‘risida ma’lumot (mlrd.so‘m)2

Ko‘rsatkichlar

2012

2014

2016

2017

2018

2019

Davlat budjeti xarajatlari

21571

31425,4

40930,0

49344,9

79 736,1

118008,6

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvatlash
xarajatlari

12513

18493,7

24106,7

26922,7

42901,1

63580,1

Iqtisodiyot xarajatlari

2372

3363,3

4346,9

5280,7

8461,8

18481,0

Markazlashgan investitsiyalarni
moliyalashtirish

1059

1624,7

2131,8

3234,8

5396,4

7048,5

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud
organlari xarajatlari

629

1414,2

1790,8

1932,9

3666,1

6020,3

Boshqa xarajatlar

4735

6529,4

8553,8

11973,8

19310,7

22878,7

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, davlat budjeti xarajatlarida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarining salmog‘i yuqori bo‘lmoqda. Xususan, ushbu xarajatlar 2012 yilda 12513 milliard so‘mga rejalashtirilib, jami budjet xarajatlarida 58 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib




1 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlari asosida - https://www.mf.uz/uz/rukovodstvo-i- podvedomstvennye-organizacii/content/parametry-gosudarstvennogo-byudzheta.html
2 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlari asosida - https://www.mf.uz/uz/rukovodstvo-i- podvedomstvennye-organizacii/content/parametry-gosudarstvennogo-byudzheta.html
ushbu xarajatlar 63580,1 milliard so‘m hajmida bajarilgan va uning jami budjet xarajatlaridagi ulushi 53,9 foizini tashkil etadi. Demak, ushbu sohaga qilinayotgan xarajatlar, birinchidan, nominal mazmunda va shuningdek, umumiy xarajatlar salmog‘ida ham ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmonining 3-yo‘nalishining 3.1-bandida “xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolgan holda, Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo‘naltirilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish” masalasi qo‘yilgan.
Shunga mos tarzda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Unga ko‘ra, ilk bor, “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan respublika budjeti xarajatlari vazirlik va idoralar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan, mahalliy budjetlar xarajatlari esa xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi. 2020 yildan boshlab barcha davlat maqsadli jamg‘armalari va chetdan jalb qilingan tashqi qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan davlat xarajatlari konsolidatsiyalashgan davlat budjetida aks ettirilib, budjet qamrovi va ochiqligi darajasi kuchaytirildi. Xalqaro standartlarga muvofiq umumiy fiskal balansining hisobini yuritish yo‘lga qo‘yildi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug‘urta (ijtimoiy sug‘urta, tibbiy sug‘urta) fondlari va budjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko‘mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi.


    1. Yüklə 11,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin